Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


Download 181.05 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi181.05 Kb.
#1370161
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tayyori



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI
BANK ISHI” KAFEDRASI
PUL VA BANKLAR ” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Markaziy bankning tijorat banklarini kreditlash tartibi
90K-2/22 GURUHI TALABASI
Lutfullayeva Maftuna Lutfullayevna

RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2023 y.
_________
Imzo _________




Kurs ishi himoyaga tavsiya qilingan sana
____” _______2023 y.
Ilmiy rahbar __________
Imzo _______________

Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2023 y.


Baho «_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________


_________________





TOSHKENT – 2023
Mavzu: Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi
Kirish
Reja:
1. Markaziy bank faoliyatining xususiyatlari , uning funksiyalari va vazifalari
2.Xorijiy mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi
3. O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklarni kreditlash tartibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda. Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni kiritish mumkin: Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida qaytarmaslik kabi holatlarning tez-tez yuz berib turishi; Bankning foiz siyosati, qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va hokazo. Mazkur yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish chora-tadbirlari hamda kredit turlari va shakllarini rivojlantirish istiqbollarini o’z ichiga olgan. Bundan maqsad, Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatining amaldagi holatini tahlil qilish va banklararo raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.
Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda, qo’yidagilarni o’rganish vazifalarini tashkil etadi: qo’yilgan masalani nazariy nuqtai nazardan ko’rib chiqish; statistik ma’lumotlarni to’plash hamda ularga qayta ishlov berish; to’plangan ma’lumotlar asosida tahlil o’tkazish; kredit turlari va shakllarini takdim etish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni asoslash; kredit turlari va shakllarini kelgusida rivojlantirish masalalariga nisbatan xulosa va takliflar berib, istiqbollarini aniqlash.. Predmeti esa, bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan hozirgi sharoitda kredit turlari va shakllarini rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Qarorlari va Farmonlaridan kelib chiqqan holda asoslab berilgan yangiliklari qo’yidagilarda namoyon bo’ladi: kredit to’g’risida umumiy tushuncha, ularning o’ziga xos belgilariga qarab turlarga va shakllarga tasniflanishini to’liq yoritilishida; tijorat banklari kredit siyosatining tashkiliy – huquqiy asoslarining mohiyatini izohlab o’tilishida; tijorat banklarining kredit siyosatiga xos asosiy tendensiyalarni aniqlab berilishida; tijorat banklari kredit siyosatining jozibadorligini oshirish borasidagi mavjud muammolarning izohlab o’tilishida; bank kredit portfelining tahlilini yoritilishida; tijorat banklari kredit turlari va shakllarini rivojlantirishda istiqbollarini belgilashda. Ma’lumki, kredit tizimida raqobatni shakllantirish va rivojlantirish kredit tizimining samarali faoliyat kursatishining zaruriy shartidir. Bunda markaziy o’rinni kredit tizimining yadrosi bulgan bank tizimida raqobatni kuchaytirish masalasi egallaydi. Mazkur ishda kreditning iqtisodiy mazmuni keng ko’lamda o’rgangan holda, tijorat banklari faoliyatida kreditlash jarayonining huquqiy-me’yoriy asoslari, kredit siyosatining mazmun-mohiyati, shuningdek, tijorat banklari tomonidan kreditlarni berish, qaytarish va foizlarini hisoblash tartibi, kredit portfelining amaldagi holati tahlil qilinib, uni boshqarishning optimal yo’nalishlarini misollarda ko’rsatib o’tilgan.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida”gi qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati oʻrtasidagimuvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikniberish va jalb qilish operatsiyalari boʻyicha qoʻllanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish boʻyicha dolzarb vazifalar qoʻyilgan .
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kredit-bu mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi, banklar daromad manbaining asosini tashkil etuvchi iqtisodiy kategoriyadir.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish koʻp jihatdan iqtisodiyotda amal qiluvchi pul-kredit mexanizmlarining takomillashuv darajasiga uzviy bogʻliqdir. Bu esa, iqtisodiyotda vujudga keladigan ayrim nomutanosibliklarni oʻz vaqtida va muvaffaqiyatli bartaraf etishda, hamda monetar siyosat instrumentlarining (qayta moliyalashtirish stavkasi va majburiy zahiralar normasi) taʼsirchanligini oshirishda toʻsiq boʻla oladigan mavjud muammolarning aniqlanishi va hal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi jadal iqtisodiy islohotlar davrida milliy xoʻjalikning samarali faoliyat yuritishi uchun valyuta va pul-kredit siyosati orqali makroiqtisodiy barkarorlikni taʼminlash muhim ahamiyatga ega.


Download 181.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling