Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti
- Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqlari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
banklararo hisob kitobblar mazmuni zarurligi va ahamiyati
2- Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqlari
orqali banklarning munosabatlari Hozirgi paytda tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o’tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazlarida alohida tranzit hisobvaraqlari ochilgan. Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Lekin tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisob-varag’ini ochishlari lozim. Tijorat bankining vakillik hisobvarag’i ikki xil ochilishi mumkin. • Hududiy boshqarma tijorat banklarining barcha bo’limlari uchun markaziy bank hududiy bosh boshqarmasida mintaqa bo’yicha yagona vakillik hisobvarag’i ochadi. Har bir bo’limga esa alohida subhisobvaraqlari ochiladi; • Tijorat bankining har bir bo’limi uchun alohida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida vakillik varag’i ochiladi. Vakillik hisobvarag’i ochilayotganda Markaziy bankning xududiy bosh boshqarmasi o’rtasida vakillik munosabatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag’i ochilishini rasmiylashtirish uchun hududiy boshqarmaga hisobvaraq ochish to’g’risidagi ariza, bank ustavining notarial tasdiqangan nusxasi, imzolar va muxr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi va bosh bank arizasi yoki iltimosnomasi taqdim etiladi. Vakillik hisobvarag’i Markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitlari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag’i ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankning tegishli xududiy bosh boshqarmasiga jo’natiladi. Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag’i bu-tijorat bankiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining hisob - kitob markazlarida ochilgan hisobvarak bo’lib, u banklararo hisob-kitoblarini o’tkazishga mo’jallangandir. 3 Vakillik hisobvarag’i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 razryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijoart banklariga hamda hisob- kassa markazlariga ochiladi. Boshka banklarga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- balans hisobraqami bo’yicha, hisob-kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304 - balans hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan: Parvina bankining Toshkent shahar bo’limi Toshkent hisob-kitoblar Markazida asosiy vakillik hisobvarag’ini ochgan. Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00410. Parvina banki Toshkent shahar bo’limining vakillik hisobvarag’i nomeri quyidagicha bo’ladi. 21302000K00000410001 bunda: 1. 21302 - «Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to’lashga» deb nomlangan balans hisobvarag’i nomeri. 2. 000 - valyuta kodi, bu 3 ta nol vakillik hisobvarag’ining «so’m» da yuritilishini bildiradi. 3. K - nazorat kaliti 4. 00000410 - bankning unikal kodi. Parvina banki bo’limining Toshkent shahar kodi 00410 Lekin har bir hisob varakda unikal kod uchun 8 ta raqam ajratilgani sababli, bu kod nollar bilan to’ldiriladi. 5. 001 - ushbu bank hisobvarag’ining tartib nomeri Yuqorida ko’rsatilgan vakillik hisobvarag’i Hisob-kitoblar markazida yuritilib HKM uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag’larning kelib tushishi va hisobvarag’ qoldig’i hisobvaraqining kredit qismida, mablag’larning kamayishi esa uning 3 https://www.google.com/search?q=%D0%BC%D0%B5%D0%B6%D0%B1%D0%B0%D0%BD%D0%BA%D0%BE%D0% B2%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5+%D1%80%D0%B0%D1%81%D1%87%D0%B5%D1%82%D1%8B+%D0%BA%D 1%83%D1%80%D1%81%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F&source=lmns&bih=657&biw=1366&hl=ru&sa=X&ved=2 ahUKEwia-NjOm6T-AhVOsSoKHagcA6sQ_AUoAHoECAEQAA debet qismida aks ettiriladi. Barcha to’lovlar vakillik hisobvarag’i qoldigi chegarasida amalga oshiriladi. Har bir bankning o’zi ham vakillik hisobvarag’ini yuritadi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag’i deb nomlanadi. Ichki vakillik hisobvarag’i 10301 balans hisobvarag’ida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob markazida ochilgan vakillik hisobvarag’i tashqi vakillik hisobvarag’i deb yuritildi. To’lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi oborotlarning va qoldik mablag’larining bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To’lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag’idan ko’chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so’ng, ushbu hisobvaraq bo’yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi. Shunday qilib, banklararo hisob-kitoblar Hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi. Hisobkitoblar markazi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xududiy bosh boshqarmalarining buxgalteriya hisobi, hisob va hisob-kitoblar boshqarmasining bo’limi bo’lib, uning funktsiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzliksizligini ta’minlash kiradi. Hisob-kitob markazlari ma’lumotlarini qabul qilish , nazorat va uzatishning avtomatlashgan tartibiga ega bo’lgan to’lov tizimining ishonchliligi va xafsizligini mustaxkamlash maqsadida tashkil etilgan edi. Hozirgi kunda bu markazlar elektron to’lovlar tizimi asosida banklararo hisob - kitoblarni olib bormoqdalar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling