Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti
Download 227.13 Kb.
|
Hisobot 2023 Ollonov O
Debet 20200-“Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari”
Kredit 10101-“Aylanma kassadagi naqd pullar” Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Pul almashtirish shaxobchalari har kuni ertalab operasiyalarni boshlashdan avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shaxobchalariga madad puli olib kelinadi. Bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shaxobchalariga madad puli olib kelinganda, madad puli shaxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi shart. Bank 10103 – “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga madad pulini jo‘natganda, har bir valuta bo‘yicha alohida, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qiladi: Debet 10109 vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” Kredit 10101vvv – “Aylanma kassadagi naqd pullar”. Qabul qilingan madadpuli 10103 – “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriyasi o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 10103vvv – “Pulalmashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 10109vvv – “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari”. Bankning bosh buxgalteri bank amaliyot kuni oxirida o‘zlarining pul almashtirish shaxobchalarining «09009» ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan “Debet” va “Kredit” aylanmalari umumiy summasiga quyidagilarni amalga oshiradi: Pul almashtirish shaxobchasi xorijiy valuta sotib olish uchun sarflangan naqd pulning umumiy summasiga: Debet 17101000 – “Valuta pozisiyasi hisobvaraqlari” Kredit 10103000 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”. Pul almashtirish shaxobchasi xorijiy valutani sotishdan tushgan so’mdagi naqd pulning yukxatda ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valutadagi umumiy summasiga: Debet 10103000 – “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 17101000 – “Valuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”. Hozirgi kunda mijozlar tomonidan bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pul tushumi inkassatorlar tomonidan shartnomaga asosan belgilangan vaqtda inkassasiya qilinadi va bankka topshiriladi. Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablaglari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kiri ro’yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga, ikkinchi nusxasi esa bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro’yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi: inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo’lsa: Debet 19903 – «Inkasso qilingan pultushumlari va cheklar» Kredit 20200 Hisobvarag‘ nomerini mustaqil ko‘rsating inkassatorlar orqal yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitobcheklari bo’yicha mablag‘lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Kredit 29804 – “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” Bankning qayta sanash kassasida inkassatorlar tomonidan olib kelingan naqd pullar tegishli tartibda qayta sanaladi. Qayta sanash vaqtida naqd pullarning to‘g‘ri, ortiqcha yoki kam ekanligi aniqlanadi. Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lgandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar” Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida naqd pul mablag‘larining ortiqcha ekanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi: Debe 10101 – “Aylanma kassadagi naq pullar” Kredi 29816– “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”. Kredit 20200 – (Har bir mulkchilik shakli bo‘yicha). Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijoziga tegishli bo‘lsa, shartnomaga asosan 29804 – “Boshqa bank mijoz larining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga orqali boshqa bankka o‘tkazib beriladi. Qayta sanash kassasida naqd pullar sanalganda kamomad aniqlanishi mumkin. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kam chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 19935 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pulbo’yicha kamomadlar” Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijoz bilan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirildi. Debet. Kredit 19935- “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomad" Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi. Pul mablag‘lari bank aylanma kassasidaga elektron to‘lov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘tkazib beriladi. Download 227.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling