Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti
Download 227.13 Kb.
|
Hisobot 2023 Ollonov O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorladi
- Toshkent - 2023 3-kurs guruh talabasi ____________________________________________ ning (ismi-sharifi) Amaliyot joyi
- Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI “BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI “BANK ISHI” TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTI
Toshkent - 2023 3-kurs guruh talabasi____________________________________________ning (ismi-sharifi) Amaliyot joyi (amaliyot obyektining to‘liq nomi va manzili) Amaliyot o‘tash muddati yil « » dan____yil « »________gacha Institutdan tayinlangan rahbar (ismi-sharifi) Kafedra mudiri prof. Z.Umarov (imzo) Talaba yil « » da amaliyot joyiga keldi. Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar (ismi-sharifi) Bank (filiali) rahbari (ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni) “Turonbank” ATB Yunusobod filialida amalga oshirilgan ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha HISOBOT Reja: Kirish. “Turonbank” ATBda buxgalteriya bo`limining tuzilishi va faoliyati, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi. “Turonbank” ATBda mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko`rsatilishi va uning hisobga olinishi. Bankda kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi. “Turonbank” ATBda ichki bank operatsiyalari, qimmatli qog'ozlar bilan va chet el valyutasidagi operatsiyalari hisobi. Banklarning buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish. Xulosa. Kirish Banklar mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim o`rin tutadigan iqtisodiy bo`g`in hisoblanadi. Bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki, butun dunyo miqyosida yangidan-yangi bank xizmatlariga talab ortib, buning natijasida banklarning xizmat turlari mutlaqo yangicha ko`rinish kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan banklarning iqtisodiyotdagi o`rni yanada ortmoqda. Shuni inobatga olgan holda talabalar uchun, ayniqsa, bank ishi yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar uchun amaliyot o`tash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Men amaliyotni “Turonbank” ATB Yunusobod BXMda o`tadim. Bunda bankning barcha bo`limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Bankda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda mijozlar bilan muloqotda bo`ldim va o`zini tutish va xulq-atvor qoidalarini o`rgandim. Amaliyot davomida men “Kreditlash va iqtisodiy tahlil”, “Buxgalteriya”, “Pul muomalasi va chakana xizmatlar ko`rsatish”, “Investitsiya faoliyati va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” hamda “Kassa hisob-kitoblari” kabi bo`limlar faoliyati bilan chuqur tanishdim. Har bir bo`limda foydalaniladigan hujjatlarni o`rgandim. Ularning yuritilishi, kirimi, chiqimi va saqlanish haqida ma`lumotlarga ega bo`ldim. Shuningdek ichki nazoratning bank ichida qanday tashkil etilganligi va qay tartibda faoliyat yuritishini bilib oldim. Shu bilan bir qatorda bank faoliyatini tartibga solib borishda qo`llaniladigan bir qator Nizom va yo`riqnomalar bilan tanishdim. Masalan, “Kreditlash va iqtisodiy tahlil” bo`limida men mijozlarning moliyaviy hisobotlari bilan tanishdim, ssuda hisobvaraqlarining ochilishi va yuritilishi, kredit berish va qaytarish operatsiyalarini hamda kreditlarga foiz hisoblash va undirish hisoblari hamda ularning rasmiylashtirilishi, xuddi shuningdek, faktoring va lizing operatsiyalarining hisobi va rasmiylashtirilishi bo`yicha zarur ma`lumotlarga ega bo`ldim. “Turonbank” ATB da bank asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarining hisobga olinishi va ularga eskirish hisoblash bo`yicha hisoblarning yuritilishi va ularning hisobdan chiqarilishiga oid hujjatlar bilan ishladik va bu jarayonda yuritiladigan buxgalteriya operatsiyalarini o`rgandim. Shu jumladan, bankning foizli va foizsiz daromadlari tarkibini, ularning hisobi hamda foizli, foizsiz, operatsion xarajatlari va ularning hisobi yuritilishini o`rgandim. Bankning soliqlar va byudjetdan tashqari jamg`armalarga to`lovlari bilan bog`liq operatsiyalar hisobining yuritilishi bo`yicha o`zimga zaruriy tushunchalarni oldim. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi, bank buxgalteriya hisobotlarining turlari, bankning kunlik va oylik hisobotlari va ularni tuzish tartibi, yillik hisobotning mazmuni, uni tuzish va tasdiqlash tartibi bilan tanishib chiqdim va bu borada o`zimga kerakli xulosalar chiqardim. Mijozlarga buxgalteriya xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha esa, dastlab, bankning tashkiliy tuzilishi, bank filiali va hisob-operatsion bo`limining tuzilishi bilan tanishdim. Bankda hujjatlar aylanishining tashkil etilishi, bank buxgalteriya bo`limi xodimlari va ularning vazifalari, shu jumladan, bosh buxgalter, uning yordamchisi, ichki nazorat xodimi va mas`ul ijrochilarning vazifalari va majburiyatlari bilan tanishib chiqdim. Shu qatorda, banklarda hujjatlar bilan ishlash, hujjatlar yig`majildini tayyorlash, ularning saqlanishi, banklarda bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi bo`yicha o`zim uchun zarur bo`lgan amaliy ma`lumotlarga ega bo`ldim. Bankning kassa va hisob-kitob operatsiyalari bo`yicha bankda kassa operatsiyalarining tashkil etilishi, kirim va chiqimkassa operatsiyalarining hisobi va rasmiylashtirilishi, naqd pul tushumini inkassatsiya qilish tartibi va operatsiyalari hisobining yuritilishi, kechki kassa faoliyatini, mijozlardan naqd pulsiz hisob-kitob peratsiyalari bo`yicha hujjatlarni qabul qilish, ularni tekshirish va hisobga olish jarayonlarini o`rganib chiqdim va bundan o`zimga kerakli ma`lumotlarga ega bo`lb, zaruriy xulosalar chiqardim. Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha banklarda transformatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda, shu jihatdan, “Turonbank” ATB da ham salmoqli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ayniqsa, mijozlarga chakana xizmatlar ko`rsatish sifatini oshirish bo`yicha bankda ancha sezilarli yangiliklar amalga oshirilganiga guvoh bo`ldim. Masalan, bankda mijozlarga chakana kreditlar ajratish jarayonini yengillashtirish hamda ortiqcha hujjatbozlik ishlarining oldini olish bo`yicha zamonaviy “Anderrayting” tizimi joriy etilgan bo`lib, unga asosan mijozlarning mikroqarz, iste`mol, avtokredit va ipoteka kreditlari bo`yicha to`lovga qobiliyatliligi va kredit tarixi haqidagi ma`lumotlarini olish mumkin. Bu yuqorida ta`kidlanganidek, mijozlarga qulaylik yaratish, kreditlash jarayonini tezlashtirish, hamda chakana kreditlash jarayoniga subyektiv omillar qatnashishi jarayonini cheklash hamda ortiqcha rasmiyatchiliklarni kamaytirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan tizimdir. Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining oqilona xatti-harakatlari darajasini oshirish, tranzaksion xarajatlar hajmini kamaytirish va ma`lumotlar olish bo`yicha sarf-xarajatlarni minimallashtirish – bularning barchasi bozor iqtisodiyotining noaniq sharoitida banklar faoliyatiga bevosita taalluqli holatlardir. Bu bilan banklar ma`lum haq evaziga iqtisodiy subyektlar manfaatlari uchun to`plangan ma`lumotlardan foydalangan holda o`zlarining axborot-tahliliy markazlariga ega bo`ladilar. Bank mijozlari banklar orqali o`zlarining quyidagi ehtiyojlarini qondirishlari mumkin: resurslarini ko`paytirish, qo`shimcha mablag`larning manbalariga ega bo`lish, hisobraqamlar ochish va to`lovlarni amalga oshirish, pul-mablag`lari va qimmatbaho buyumlarni saqlash, turli xildagi maslahatlar olish va h.k. Bank xizmatlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati uning yuqoridagi ko`rsatilgan ehtiyojlarni qondirishida namoyon bo`ladi. Hozirda mavjud barcha bank xizmatlari umumiy holda mijozlarga pul mablag`lari, barcha turdagi qimmatliklar va shu kabilardan qulay tarzda foydalanishlariga va ularni boshqarishlariga zamin yaratadi. Shu nuqtai nazardan olganda, banklar iqtisodiyot va keng aholi qatlami uchun zaruriy iqtisodiyotning tarmog`i hisoblanadi. Download 227.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling