Toshkent moliya instituti banklarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi banklarda buxgalteriya hisobi fanidan
Download 89 Kb.
|
BI-60 Nishonov Ibrohim Kurs ishi(1)
12-jadval
Aholi segmenti tarkibi9
Jadval ma’lumotlari asosida aytish mumkinki, eng ko‘p aholi qishloqlarda istiqomat qiladi, ya’ni plastik kartalardan foydalanuvchilarning 53%i. Bundan 31 % ini fermerlar tashkil etadi. Demak, korporativ kartochkalar muomalasini yo‘lga qo‘yish kerak. Respublikada korporativ kartochkalar bozorini kengaytirishda bir qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni yanada takomillashtirish maqsadida: pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish va naqd pulsiz hisob- kitoblarni rag‘batlantirish, shu jumladan korporativ plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish; naqd- pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tijorat banklari tomonidan muomalaga plastik kartochkalar chiqarish hajmini ________________________ 9 Manba: O‘z.R Statistika qo‘mitasi hisoboti. oshirish,shu bilan birga aholi gavjum bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda terminallar o‘rnatib, hisob- kitoblarni ushbu terminallar orqali amlga oshirishni keng tatbiq etib borish; - banklararo kredit byurosi va tijorat banklari o‘rtasida axborot almashish hamda qarzdorlarning kredit tarixiga oid axborot tizimini yanada takomillashtirib borish orqali tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatini yanada yaxshilash kabi chora-tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda rejalar amalga oshirilmoqda .Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 1470-sonli "Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish to‘g‘risida" gi Nizomini aytish mumkin. Bu nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanilgan holda tovarlar va xizmatlar uchun isob-kitoblar o‘tkaziladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, plastik kartochkalar bozorini rivojlantirish va bu tizimdan oqilona foydalanish maqsadida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz: plastik kartochkalar bilan bo‘ladigan amallarning sifatli o‘tishini ta’minlash va nazoratini olib borish maqsadida,ularning me’yoriy huquqiy bazasini takomillashtirish; plastik kartochkalar foydalanuvchilariga o‘z ehtiyoji doirasida hech qanday to‘siqlarsiz bankomatlardan naqd pul olish imkoniyatini yaratish lozim; iste’mol kreditlarini rivojlantirish va naqd pul massasini kengaytirish lozim; kartochka biznesida maqsadni aniq belgilab olish va boshqalar. Respublikada plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish va terminalli savdo shoxobchalarini ko‘paytirish mumkin. Faqat tegishli strukturalar tomonidan plastik kartochkalar bozorini kengaytirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish, bundan tashqari yuqorida qayd etilgan chora tadbirlarni ko‘rib chiqish va amalda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Xulosa Respublikamizda bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bank tizimini isloh qilishning navbatdagi dasturida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida elektron to‘lov tizimini takomilashtirish va plastik kartochkalar chiqarib, uni hisob-kitoblarda keng qo‘llash vazifasi qo‘yilgan. Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosalar shakllantirildi: 1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bozor iqtisodiyotiga mos keladigan akkreditiv va hisob-kitob cheklari va plastik kartochkalar shaklidan keng foydalanish maqsadga muvafiqdir. 2. Plastik kartochkalar bozorini kengaytirish va iqtisodiyotning barcha soxalarida ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish dasturini ishlab chiqish hamda bu bo‘yicha hukumatning idoralararo komissiyasini tashkil etish zarur. Mazkur dasturda kartochka foydalanuvchilarning hamda terminallar bilan ta’minlangan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy qiziqishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. 3. Plastik kartochkalar bilan bo‘ladigan amallarning sifatli o‘tishini ta’minlash va nazoratini olib borish maqsadida, ularning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish lozim. 4. Plastik kartochkalarni foydalanuvchilarini katta miqdorda jalb etish uchun ushbu vositalarni joriy etish va ularni naqd pulsiz aylanmaga keng jalb etishning boshlang‘ich davrlarida foydalanuvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha iqtisodiy usullarda asoslanishi shart bo‘lgan ma’lum chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim. Masalan, bunday chora-tadbirlarga plastik kartochkalar foydalanuvchilariga arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha tovarlar etkazilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi, ayniqsa, birinchi darajali iste’mol mollari uchun hisob-kitoblarda yoki katta miqdorda harid uchun doimiy mijozlarga ma’lum chegirmalarni va shu kabilarni kiritish mumkin; 5. Plastik kartochkalar foydalanuvchilariga o‘z extiyoji doirasida hech qanday to‘siqlarsiz bankomatlardan naqd pul olish imkoniyatini yaratish lozim, bu esa mijozlarning nafaqat bank tizimiga, balki plastik kartochkalar tizimiga bo‘lgan ishonchini oshiradi. 6. Respublika miqyosida plastik kartochkalarni oynai jahon va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilish hamda bu tizim afzalliklari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Iste’mol kreditlarini rivojlantirish va naqd pul massasini yanada qisqartirish maqsadida, iste’mol kreditlarini faqat kredit kartochkalari orqali berishni yo‘lga qo‘yish va kredit kartochkalarining emissiyasini kengaytirish lozim. Umumiy xulosa qilib aytganda respublikamiz bank tizimida plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish, har bir tarmoq, ularning iqtisodiy holati bilan uzviy bog‘liq. Bu bozorni rivojlanishi, kengayishi bozor ishtirokchilari; banklar, tashkilotlar, kartochka egalari va boshqalar uchun qulay to‘lov vositasidir. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling