Toshkent moliya instituti banklarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi banklarda buxgalteriya hisobi fanidan
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida plastik kartochkalar hisobvaraqlari joriy olati talili
Download 89 Kb.
|
BI-60 Nishonov Ibrohim Kurs ishi(1)
2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida plastik kartochkalar hisobvaraqlari joriy olati talili
Naqd pul muomalasi garchi o‘tmishga aylanmasada, har holda asta-sekin o‘zaro hisob-kitoblarning asosiy turi bo‘lmay qolmoqda. Tovarlar va xizmatlar uchun fuqarolarning naqd pulda hisob kitob qilishini plastik kartochkalardan foydalanishga asoslangan elektron tlov tizimi vositasida naqd pulsiz hisob-kitob bilan almashtirish samarali va qulay ekanligini jahon amaliyoti isbotlab berdi. Plastik kartochka elektron hamyon sifatida bozor ishtirokchilarining barchasini batamom qanoatlantiradi, chunki aholining kartochkalardan foydalanishi muomaladagi naqd pul massasini ancha kamaytiradiyu. Bu esa inflyasiya jarayonlarini jilovlab turishga ijobiy taьsir ko‘rsatadi va emissiya xarajatlarini ancha qisqartiradi. Banklar plastik kartochkalar emissiya qilib, o‘zlari uchun barqaror resurs bazasini taьminlaydilar va moliyaviy tranzaksiyalardan daromad oladilar. Plastik kartochkalar bozorini kengaytirish uchun jahon tajribasiga tayangan holda barcha sharoitlar yaratilmoqda hamda yildan yilga bank emitentlar soni borgan sari ortib bormoqda. Respublikada miltiy valyutadagi plastik kartochkalar emissiyasini va ular orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini yanada oshirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda “TIF Milliy Bank”i, “Asaka” bank, “Agro” bank, “Sanoatqurilish” banki, “Ipoteka” bank, “Xalq bank”i, “Trast bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Hamkorbank” Aloqa bank jami 31 ta banklar tomonidan milliy valyutadagi kartochkalar emissiya qilinmoqda. 1995 yilda O‘zbekistonda ilk marotaba milliy valyutada kredit va debet to‘lov plastik kartochkalari muomalaga chiqarildi. 2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. U savdo tashkiloti yoki xizmatlar sohasiga yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bank orqali xizmat ko‘rsatilayotganidan qat’i nazar, bank operatsiyalarini barcha savdo shoxobchalarida yagona rejimda olib borish imkonini beradi. Ayni paytda, Yagona umumrespublika protsessing markazi so‘m plastik kartochkalarini muomalaga chiqaruvchi 31 ta tijorat bankni birlashtiradi. Markazda “UZKART” so‘m plastik kartochkalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar banklararo to‘lov tizimi tashkil etilgan. O‘zbekistonda hozirda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi juda keng tarqalgan. Joylarda plastik kartochkalar egalariga kechayu kunduz xizmat ko‘rsatishga imkon beruvchi axborot-ma’lumot terminallari tarmog‘i ishlab turibdi, terminallar, bankomatlar va infokiosklarni ta’mirlash bo‘yicha servis xizmatlari tashkil etilgan. Uzkart tizimida plastik karta va terminallardan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni Yagona umumrespublika protsessing markazi va «EOPC Technology» servis markazi saytlaridan olishingiz mumkin. Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitob shaklaridan foydalanish amaliyotiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri plastik kartochkalarga asoslangan to‘lov tizimining rivojlanmaganligi hisoblanadi. Bu boradagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat: 1.Plastik kartochkalar vositasida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning umumiy hajmida pul mablaglarini naqdlashtirish operatsiyalarining salmog‘iga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Buning natijasida plastik kartochkalar vositasida amalga oshiriladigan to‘lovlarning naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qiskartirishdagi ahamiyati pasaymokda, naqd pullarga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmokda. 2. Qishloq tumanlarida aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lganligi sababli ularda plastik kartochkalar vositasidagi to‘lovlarning hajmi juda pastligicha kolmokda. Buning natijasida mazkur tumanlarda naqd pullarga bo‘lgan talabning yuqori va nobarkarorligi saqlanib qolmokda. 3. Respublikamiz plastik kartochkalar bozorida faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari talab darajasida emas. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining «Plastik karta» bankalararo innovatsion kompaniyasi bilan xamkorligi plastik kartochkalar asosidagi to‘lovlar hajmining oshishiga, to‘lovlarning tezlashishiga xizmat qilmoqda. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling