Toshkent moliya instituti banklarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi banklarda buxgalteriya hisobi fanidan


Plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish tartibi


Download 89 Kb.
bet3/12
Sana01.03.2023
Hajmi89 Kb.
#1239064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BI-60 Nishonov Ibrohim Kurs ishi(1)

Plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish tartibi 1






YAGONA RESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI




BANK A MIJOZI

BANK B
MIJOZI










BANK A

BANK B



  • kun davomida plastik kartochkalar bo‘yicha barcha operatsiyalar hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda protsessing markazlari orqali amalga oshiriladi va hisob- kitoblarning ishtirokchisi bo‘lgan har bir bank uchun ochilgan alohida shaxsiy schyotlarda aks ettiriladi

  • hisob-kitob ishtirokchilarining kelishuviga binoan yakuniy summalar (majburiyatlar) Markaziy bankning hisob-kitob markazlarida ochilgan va shartnomada qayd etib o‘tilgan davriylik bilan tijorat banklarini korrespondentlik schyotlari orqali o‘tkaziladi;

  • protsessing markazdan olingan ma’lumotlar asosida banklar plastik kartochkalar foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha mijozning schyotiga mablag‘lar o‘tkazish yoki yoisobdan chiqarishni amalga oshiradilar.



1Manba: Muallif tomonidan shaxsan tayyorlanidi
Bankning so‘mdagi plastik kart egasi o‘ziga tegishli plastik kart yordamida terminal o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida tovarlar va xizmatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish, terminal va bankomat bilan jihozlangan bank filiallarida hamda bir birlarini plastik kartlariga xizmat ko‘rsatish borasida shartnoma tuzgan boshqa bank filiallarida milliy pul birligini naqd olishi mumkin. Jismoniy shaxslardan bank filiallari tomonidan so‘mdagi plastik kart hisobvaraqlariga pul mablag‘lari naqd pul va naqdsiz pul shaklida, milliy pul birligida qabul qilinadi. So‘mdagi plastik kart egasi o‘z hisob varag‘idagi qoldiq, mablag‘ yoki ochilgan overdraft limiti doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida xarid qilingan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. So‘mdagi plastik kart egasi hisobvaraqdagi mablag‘lar sarf etilishiga qarab kart amal qilishining butun muddati mobaynida so‘mdagi plastik kartdan foydalanishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘z hisob varag‘ini pul bilan to‘ldirib borishi mumkin.
So‘mdagi plastik kartlar sotib olinib, bankga olib kelinganidan so‘ng bank omboriga topshiriladi va bank balansida ko‘zda tutilmagan holatlar hisob varag‘ida «saqlash: kassadagi ichki moddalar» (Asosiy kitobning 93609-saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar) har bir kartochkaga 1 so‘m shartli bahosida hisobga olinadi («Kontrhisobvaraq: saqlashdagi qimmatli qog‘ozlar»-Asosiy kitobning 96379 - Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr- hisobraqami). Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha plastik kartlarni hisobga olish quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi: so‘mdagi plastik kartlarni kirimi, chiqimi va hujjatlar, boyliklar koldig‘i. Plastik kart bo‘limining maxsus xodimi ushbu kartlarni Umumrespublika protsessing markaziga olib borib, o‘zining javobgarligi ostida plastik kartlarning dastlabki emissiyasini amalga oshiradi.
Dastlabki emissiyasi amalga oshirilgan so‘m hisobidagi plastik kartlar bank omboriga kelib tushadi va bank balansida ko‘zda tutilmagan holatlar hisob varag‘ida «Saqlash: kassadagi ichki moddalar» (Asosiy kitobning 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar) har bir kartochkaga shartli 1 sum bahoda hisobga olinadi («Kontrhisobvaraq: Asosiy kitobning 96379- saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr- hisobraqami).
Dastlabki emissiyasi amalga oshirilgan bankning so‘mdagi plastik kartlari bank omboridan “Plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimining ikkilamchi emissiya markazlari” joylashgan bank filiallariga ulardan kelib tushgan buyurtmanomalar asosida beriladi.
So‘mdagi plastik kartlarni bank muassasasiga berish chog‘ida albatta kirim-chiqim memorial orderi yoziladi, u mas’ul ijrochi va Bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Bankda so‘mdagi plastik kartlar plastik kart bo‘limi tomonidan shaxslar bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Plastik kart bo‘limining saqlashdagi boyliklar va plastik kartlar emissiyasini hisobga olish kitoblari, shuningdek plastik kart bo‘limi xodimining hisobdorligi ostida olingan so‘mdagi plastik kartlar, plastik kart bo‘limida yonmaydigan seyfda saqlanishi lozim. Plastik kart bo‘limining saqlashdagi boyliklar va plastik kartlar emissiyasini hisobga olish kitoblaridagi yozuvlar vaqti-vaqti bilan (bir oyda kamida bir marta) plastik kart bo‘lim boshlig‘i tomonidan tekshirib chiqilishi shart.
So‘mdagi maxsus kart hisobvarag‘ini ochish yuzasidan operatsiyalar plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimida amalga oshiriladi, uning negiz texnologiyasi etib «DUET” dasturi olingan. Plastik kart hisob raqamini rezident va norezident shaxslar milliy valyutada ochishi mumkin. Buning uchun mijoz ariza bilan filial boshqaruvchisiga murojaat etadi.
Ushbu ariza asosida bakning plastik kartlarini foydalanishga berish va ularga xizmat ko‘rsatish” to‘g‘risidagi shartnoma mijoz va bank o‘rtasida tuziladi Ushbu shartnoma bank va mijoz o‘rtasida plastik kartlar buyicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
Mijoz bilan tuzilgan shartnoma asosida bankning plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi nazoratchisi (operatsionist) mijozga so‘mdagi maxsus kart hisobvarag‘i ochilishi uchun mijoz tomonidan to‘ldirilgan hujjatlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshiradi. Shundan so‘ng, quyidagi shaklda mijozning qaydlov ma’lumotlarini plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimiga (Operatsionistning AIJga ) kiritilishini amalga oshiradi:
a) plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha mijozning turi (jismoniy, yuridik);
b) mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) pasport ma’lumotlari (ceriyasi, berilgan joyi va vaqti);
g) tug‘ilgan sanasi;
d) yashash manzili;
e) telefon;
j) 1-identifikator;
z) 2-identifikator.
Plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimiga mijozning ro‘yxatga olish ma’lumotlari kiritilgani va kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshirib chiqilganidan so‘ng plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi nazoratchisi plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimida asosiy kitobning 22618 «Jismoniy shaxslarning plastik kartlar bo‘yicha majburiyatlari» kodi ostida mijozga so‘mdagi maxsus kart hisobvarag‘ini ochadi. Bundan so‘ng plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi nazoratchisi mijozga plastik kart ochadi va uni maxsus jurnalda belgilangan tartibda rasmiylashtirib mijozga beradi. Mijozning aybi bilan plastik karta yo‘qotilsa yoki yaroqsiz holatga keltirilsa1-jadvalda korsatilandek mijoz 35000 so`m evaziga plastil lartockani ayta tiklasi mumkin.. Pul kirimining maksimal miqdoriga hech kanday cheklashlar belgilanmaydi. Qo‘shimcha pul quyilmalari mijozlar tomonidan har qanday miqdorda qo‘yilishi mumkin




Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling