3-rasm. O‘rnatilgan hisob-kitob terminllarining soni4
Tijorat banklari tomonidan o‘rnatilayotgan terminallarning sonini oshgani naqd pullik hisob-kitoblarni bankdan tashqari aylanishiga chek qo‘yadi. Bundan tashqari aholining bankkka bo‘lgan ishonchini oshirib, savdo do‘konlarida pul tushumlarini nafaqat naqd pulda balki naqd pulsiz hisob kitob
vositalari orqali ham tushushini ta’minlaydi. Umuman, terminallarning soni oshsa bank va aholi uchun ijobiy holat hisoblanadi.
__________________
4O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 2020y
4-rasm. O‘rnatilgan bankomatlar va infokioskalar soni
Bankomatlar va infokioskalar tijorat banklarimiz tomonidan o‘rnatildi. Bu orqali aholini bank tizimiga bo‘lgan ishonchi oshmoqda. Plastik kartochkalar orqali operatsiyalar xajmini oshishi nafaqat davlat strukturasi, balki tijorat banklari uchun xam foydalidir. YUqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek davlat bankdan tashqari naqd pul aylanmasini aylanishining kamayishi ya’ni soliqlar tushumi va soliqqa tortilgan ba’zaning o‘sishi bilan qiziqsa, banklarni o‘tkazilgan tranzaksiyalar xajmi orqali foyda olishni ko‘zda tutadilar. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanilgan xolda, bitta kartochkaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha operatsiya xajmini aniqlashimiz mumkin. Aynan mana shu ko‘rsatkich orqali banklarni plastik kartochkalar orqali foydaliligini aniqlash mumkin.
2-jadval
O‘zbekiston plastik kartochkalar tizimi to‘g‘risida ma’lumot(18.02.2020) 5
Ko'rsatkichlar
|
01.01.2017
|
01.01.2018
|
01.01.2019
|
01.01.2020
|
Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni, ming dona
|
17 460.2
|
18 541
|
19 225.7
|
20 774.1
|
Plastik kartochkalar orqali o'tkazilgan tranzaktsiyalar summasi, mln.so'm
|
52 972.2
|
63 712.5
|
69 629.7
|
6 211.5
|
O'rnatilgan bankomatlar va infokioskalar soni, dona
|
5 817
|
6069
|
6315
|
9687
|
O'rnatilgan hisob terminallari soni, dona
|
236 606
|
244 295
|
268 985
|
407 278
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, plastik kartalar va unga xizmat qiluvchi texnologiyalar bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar yildan yilga oshib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Muomalaga chiqarilgan plastik kortachkalar soni 3 yil ichida ko‘payib borib, 2020 yil boshiga 17.5 millionlntani tashkil etdi. Plastik kartochkalar orqali tranzaksiyalarning ham oshgani mijozlarning bank plastik kartochkalari bilan operatsiyalarini takomillashtirilgandan dalolat. Bu esa banklarning plastik kartochkalar orqali oladigan daromadining kamayganligini bildiradi. Shunday ekan faqat so‘m kartochkalarni oshirish emas, balki operatsiyalar xajmini xam oshirish kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Respublikamizda plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar soni hamda hajmi oshib bormoqda. Bundan tashqari plastik kartochkaning yangi turi – kredit kartochkalarning muomalasi ham amalga oshirilmoqda.
_______________________
5 Tahlil ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |