Toshkent moliya instituti bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyot hisoboti yozish bo
BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTINING
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI hisoboti 2-OT BHA 13.03.2023
BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tishdan asosiy maqsad talabalarda “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo'yicha muayyan darajada egallagan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish, talabalarda amaliy ko‘nikmalami hosil etish nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdan iboratdir. Oliy ta'lim muassasalari talabalari nazariy bilimlardan tashqari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda (byudjet tashkilotlar, bank muassasalari, soliq inspeksiyalaridan tashqari) o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydi hamda amaliyot ishlarini bevosita xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tkazishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan ishlarning tashkil etilishini hamda talabalar oliy ta'lim muassasasida olgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishni o’rganishdan hamda yakuniy kursda tayyorlanadigan bitiruv malakaviy ishlarga amaliy ma'lumotlar to'plash va ularni tahlil qilishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3775- sonli qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan hamda Toshkent moliya instituti kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida bitiruvoldi malakaviy amaliyot tashkil etiladi. Ushbu amaliyot orqali talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etilishi va yuritilishi, ularni xujjatlashtirish jarayni hamda auditni o‘tkazish tartiblari bilan tanishish, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish ahamiyati bilan yaqindan tanishib bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti - ta'limning yakuniy bosqichi hisoblanadigan, talabalar tomonidan nazariy va amaliy o'quv dasturlari o'zlashtirilgandan so'ng bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo'yicha materiallar to'plashdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti davomida tahlil qilingan moliyaviy hujjatlar hisobotga ilova qilinishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling