Bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyotining bosqichlari
Talabalarning bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyotining hisobotini tayyorlash
faoliyatining tuzilishi va mazmuni ilmiy rahbar tomonidan
ishlab chiqilgan shaxsiy
reja-grafik asosida belgilanadi. Reja-grafik amaliyot o’talayotgan obyektdan kelib
chiqib, talabalar uchun quyidagi individual topshiriqlarni o’z ichiga oladi.
− amaliyot obyekti bilan yaqindan tanishish;
− amaliyot obyekti faoliyati bilan bog’liq me’yoriy huquqiy hujjatlarni
o’rganish;
− bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyoti hisobotini
tayyorlash uchun ilmiy va
statistik ma’lumotlarni to’plash;
− amaliyot obyekti moliyaviy hisobotlarini davriy tahlil qilish;
− moliyaviy hisobotning barcha shakllari bo’yicha berilgan jadvallarni
to’ldirish;
− o’rganish natijalarini tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
− hisobotni tayyorlash va
rasmiylashtirish;
− hisobotni himoya qilish.
“Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi talabalarining bitiruv ishi oldi
malakaviy amaliyotining hisobotini tayyorlash faoliyati bitiruv malakaviy ishi ustida
ishlashga mos ravishda tashkil etiladi.
Jumladan, amaliyot obyekti, predmetini
aniqlash; maqsadi
va vazifalarini shakllantirish; bu bo’yicha o’quv adabiyotlari va
oldin amalga oshirilgan tadqiqotlarni biblografik tahlil qilish,
zarur manbalarni
to’plash (patentlar, ilmiy hisobotlar, texnik hujjatlar va h.k.); ilmiy g’oyani
shakllantirish; tadqiqot o’tkazish bazasini tanlash;
tadqiqot usullarini aniqlash;
moliyaviy hisobotlarni har bir turi bo’yicha alohida tahlillarni o’tkazish; tahlil
qilingan moliyaviy hisobotlarni ilova qilish; ma’lumotlarni
tahlil qilish; natijalarini
rasmiylashtirish va boshqlar.
Bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyotining hisobotini tayyorlash hamda himoya
qilishda tahlil qilingan moliyaviy hisobot ma’lumotlari hisobotga ilova qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: