Toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi
7 I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatining milliy standartlarini amaliyotda qo’llashning nazariy asoslari 1.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etish va o'tkazish uslubiyati auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyoti va tajribasiga asoslanadi. Ammo auditni samarali tashkil etishda faqatgina audit uslubiyati emas, balki auditning huquqiy asoslari ham muhim rol o'ynaydi. Bu borada respublikamizda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida respublikamizda auditorlik faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi quyidagi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi: - “Auditorlik faoliyati to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi qonuni 1992-yil 9-dekabr, Toshkent sh.; - Yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi O’zbe iston Respublikasi qonunni kuchga kiritish to'g'risidagi O’zbe iston Respublikasi Oliy Majlisining qarori. 2000-yil 26-may, Toshkent sh.; - «Moliyaviy nazoratni o'tkazish va xo'jalik hayotiga auditorlik shaklidagi nazoratni tatbiq etish to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori; - «Auditorlar va auditorlik firmalarini Davlat ro'yxatidan o'tkazish Nizomini tasdiqlash to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 293-son qarori; - «Yuridik shaxslarga O’zbe iston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma(litsenziya) berish tartibi to'g'risidagi Nizom». O’zbe iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1993-yil 10-mayda 41-son bilan tasdiqlangan. - «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to'g'risida» gi O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori; 8 - «Auditorlarga malaka sertifikatini berish to'g'risidagi Nizom». O’zbe iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 13-oktyabrda 977-son bilan ro'yxatga olingan; - O’zbe iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16- oktyabrdagi 215 - son qaroriga 2-Ilova - «Korxonalardagi ichki audit xizmati to'g'risidagi Nizom». - «Auditorlik tashkilotlari togrisidagi Nizom» (0’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi Pq-615-son qarori). - «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari». 2014 yil 3 sentyabrda O‘zbe iston Respubli asi Vazirlar Mah amasining «Auditorli faoliyatini amalga oshirish uchun auditorli tash ilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar iritish haqida»gi 247-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror O‘zbe iston Respubli asining «O‘zbe iston Respubli asining ayrim qonun hu atlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar iritish to‘g‘risida»gi 2013 yil 30 apreldagi O‘RQ–352-sonli Qonuniga muvofiq, shuningdek xalqaro printsiplar va standartlarga muvofiq auditorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, auditorlik tekshirishlar rolini oshirish maqsadida qabul qilindi. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tash ilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ( eyingi o‘rinlarda Nizom) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar iritildi. Xususan, Nizomning 26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi: Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: 9 «Auditorli faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbe iston Respubli asining Qonuniga, auditorlik faoliyati standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; litsenziya olinayotganda va auditorlik faoliyati amalga oshirilayotganda maz ur Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘liq sha llantirilgan ustav apitaliga ega bo‘lish; faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish; auditorli tash iloti mas’uliyatini sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish; auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish; shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda bo‘lishi; litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter serti- fi atining bo‘lishi; auditorli te shiruvi o‘t azish chog‘ida olingan axborotning sir saqlanishini ta’minlash; auditorli xizmatlari o‘rsatishda shartnoma ma buriyatlarini o‘z vaqtida bajarish; auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash; auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi organda attestatsiyadan o‘tishi; auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqilli ni ta’minlash; auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish; auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi; o‘z pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 10 un muddatda xabardor qilish; 10 auditorli faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir yilda bir marta, belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi bo‘yicha taqdim etish; auditorlar ishlari sifatining nazoratini ta’minlash; auditorlarning bir yilda bir marta mala a oshirish urslaridan o‘tishini ta’minlash; auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 5 un muddatda xabardor qilish; auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilish». Hozirda Republikamizda auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish asoslari takomillashib bormoqda. Buning natijasi sifatida respublikamizda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy tizimlami quyidagi besh bosqichda ifodalash mumkin: Birinchi bosqich — «Auditorlik faoliyati to'g'risida» gi qonun. Ushbu qonun MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib, 1992-yil 9-dekabrda(keyingi tahrirlar bilan) qabul qilingan va bu qonun Respublikadagi xo’jalik huquqini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlar qatoriga kiradi. Bu qonun auditorlik faoliyatini moliya — xo’jalik faoliyatining ajralmas qismi sifatida ifodalaydi. Ushbu qonun 29 moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyati va auditorning mohiyati, auditorning vazifasi va majburiyati, auditorlik firmasini tuzish tartibi, auditorlik firmalarining huquqlari, javobgarligi va majburiyatlari, auditorlik faoliyatini litsenziyalash masalalari bayon etilgan. Ikkinchi bosqich — barcha auditorlik subyektlar uchun majburiy bo'lgan auditorlik faoliyatini tartibga solishning umumiy masalalarini belgilovchi qonunchili a oid va me’yoriy hu atlar. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: - «Auditorli tash ilotlari tog‘risidagi Nizom», O’zbekiston Respublikasi 11 Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 615-son qarori bilan tasdiqlangan; - «Auditorlarga malaka sertifikatini berish togrisidagi Nizom». Uchinchi bosqich — Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan va O‘zbe iston Respubli asi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanayotgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari. Ushbu standartlarda audit tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish, muhimlik va audit riski, ompyuterlarda ishlangan ma’lumotlarning auditi, auditda tanlab tekshirish uslubi, audit dalillari, auditor hisoboti va xulosasi kabi masalalar yoritilgan. Auditor shu standartlar asosida te shiruv o‘lami va vaqtini, mos keluvchi tekshiruv uslubiyatini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Standartlar shuningdek, audit tekshiruvi sifatini baholash uchun asosiy me’zon bo'lib hisoblanadi. Respublikamizda hozirga qadar qabul qilingan va auditorlar tomonidan tekshiruv o'tkazish jarayonida amal qilinishi lozim bo'lgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari 1-jadvalda keltirilgan: Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling