Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g’aznachilik


Oltin tangalar muomalada bemalol harakatda bo'ladi


Download 60.84 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1376214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi iqtisodiyot nazariyasi Aliqulov Sunnat

1. Oltin tangalar muomalada bemalol harakatda bo'ladi.
2. Oltin pulning barcha vazifalarini bajara oladi
3. Oltin tangalar erkin zarb etiladi.
4. Jismoniy shaxslar va davlatlar o'rtasida oltin cheklanmagan miqdorda harakat qila oladi6.
O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o‘sib kelayotgan jahon xo‘jaligining baynalmilallashuvi, TMKlarning valyuta sohasidagi chayqovchiligining boshlanishiga qarshilik qilardi. Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi tizimiga aylanib bordi. O‘tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi orqaga siljish, va asosan, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining o‘sishi natijasida dollarning qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida bo‘lgan dollar zahiralari yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To‘lov balansidagi yirik taqchillik, 1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi. Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda turlicha iqtisodiy o‘sish yuz berganligi ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. 1961 yil martida yuzaga kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to‘lov balansi natijasida, nemis markasi va golland guldenining revalvatsiyasi yuz berdi.
Bir paytning o‘zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq bosim ostida qoldi. Ko‘rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida, 1967 yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Buning natijasida oltinga bo‘lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning kamayishiga olib keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib keldi.
1960 yillarga kelib, AQSH to‘lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 mlrd. dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning o‘zida, AQSHga nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o‘sib, 1970 yilda u AQSH ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko‘p edi. 1 1982 —yilda Meksika birinchi marta o'zining to'lovga noqobilligini e'lon qildi. Undan keyin Braziliya, Afrikaning qator davlallari xuddi shunday qilishdi. Chunki berilgan xalqaro kreditlarning 60 foizi erkin suzib yuruvchi stavkalardagi kreditlar edi. Keyingi yillarda rezerv valuta sifatida xalqaro pul birliklari ham (SDR, EKYU, YEVRO) foydalanilm oqda. Rezerv valuta javob berishi kerak bo'lgan asosiy talab uning konvertirlashuvidir. Valyuta konvertirlashuvi d eganda uni boshqa valutalarga alm ashish qobiliyati tushuniladi. Hozirgi vaqtda valyuta erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan, konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi. Erkin konvertirlanadigan valyuta - bu amaldagi kurs bo'yicha har qanday boshqa xorijiy valyutaga erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Xorijiy valutani erkin sotib olish va sotish joriy operatsiyalar (tashqi savdo, ayirboshlash, xalqaro turizm) ham da kredit va investitsiya operatsiyalari bilan bog'liq bo'lgan to'lovlar bo'yicha am alga oshriladi. Erkin konvertirlanadigan valutalarga AQSH dollari, K anada dollari, Yevropa ham jam iyati m am lakatlari (YEVRO), shuningdek, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya milliy valutalarini kiritish mum kin. U lardan valuta narxlarini aniqlashda foydalaniladi. M asalan, o 'ta m uhim m ahsulot hisoblangan neft va boshqa energiya tashuvchilar bir qator m etall ndrxlari AQSH dollarida qayd etiladi. Qisman konvertirlanadigan valyuta- bu milliy valuta bo'lib, faqat ba'zi bir xorijiy valutalarga ayirboshlanadi, shunda ham xalqaro to'lov obom tining barcha turlari bo'yicha emas. Masalan, faqat joriy operatsiyalar to'lovga ruxsat beriladi yoki tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchilar uchun xorijiy valutani sotib olishda va sotish h uquqiga cheklashlar qo'yiladi. K onventirlanm aydigan valuta faqatgina vaqtinchalik ichki to'lovga xizm at qiladi va xorijiy valutaga ayirboshlanm aydi.Tashqi konvertirlashda to'lovlarning chet elda amalga oshirishga va aktivlarni ushlab turishga ruxsat beriladi. Valyutalarning konvertirlanishi ko'pchilik mamlakatlar iqtisodiy siyosatining muhim maqsadi hisoblanadi va jahon tajribasining ko`rsatishicha, ko'pchilik mamlakatlarda raqobatga bardoshli sanoat bazasi va xalqaro rezervlar barpo etilgandan keyin kiritilgan. Masalan, Fransiya, Italiya hamda Yaponiya o'z milliy valutalari to’liq konvertirlanishini faqat 80 -yillarning oxirida joriy etdilar. Hozirgi vaqtda xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar bilan bir qatorda xalqaro yoki mamlakatlararo pul birliklari (YEVRO) tobora keng qo'llanilmoqda. . Bu esa, AQSH dollarining xaiqaro hisobkitoblardagi salmog‘ining yuqori ekanligi bilan izohlanadi. E ’tirof etish joizki, XVF 2016-yil noyabr oyida Xitoy yuaniga xalqaro rezerv valyuta maqomini berdi. To‘rtinchi jahon valyuta tizimining hozirgi, zamonaviy bosqichida AQSH dollari va yevro yetakchi rezerv valyutalar bo‘lib turibdi. Ammo har ikkala rezerv valyutaning almashuv kurslarining nobarqarorligi xalqaro valyuta munosabatlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Biroq, xalqaro rezerv valyutalar atalmish Buyuk Britaniya funt sterlingi va Shveytsariya frankining nominal almashuv ,kursining barqarorligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, Kanada dollari va Avstraliya dollari ham rezerv valyuta bo‘lishga da’vogar bo‘lib turibdi.Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi.

Download 60.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling