Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g’aznachilik
Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari
Download 60.84 Kb.
|
Kurs ishi iqtisodiyot nazariyasi Aliqulov Sunnat
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT YILI PUL BIRLIGI (1 birlik) OLTIN
- Ikkinchi jahon valyuta tizimi
- Uchinchi jahon valyuta tizimi
Xalqaro valyuta tizimining rivojlanishi bosqichlari. Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.
XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qog’oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.Valyutalarning bir biriga nisbatan kursini aniqlash uchun ularning zaminida yotgan oltin miqdorlari o'zaro solishtirilar edi. 2-jadval
Milliy valyutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914 yilgacha o'zgarmagan va tabiiyki, ular o'zgarmaguncha ularning bir-biriganisbatan kurslari ham barqaror edi. Shu sababli "oltin standarti" - bu, qat'iy yoki barqaror valyuta kurslari tizimi edi, desak mubolag’a bo'lmaydi. Bu tizim bir qator ijobiy tomonlarga ega. Xususan boshqa metallarga qaraganda oltin tabiatda kam uchraydigan va noyob metall bo'lganligi sababli davlatlar tomonidan uning miqdorini ko'paytirish nihoyatda mushkul. Bundan chiqdi, davlatlar va markaziy (milliy) banklar o'z xohishlari bilan oddiygina pul muomalasi hajmini o'stirishga va inflyatsiyani rag’batlantirish imkoniga ega emas edilar.Birinchi jahon urushigacha dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiyaning nisbatan past bo'lish holatlari va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o'sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi resurslari bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin hech qanday to'siqsiz oqib o'tishi mumkinligi bilan asoslangan. 1880 yildan to 1913 yilgacha "oltin standarti" tizimi davlatlarga o'z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi sababli barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur'atlar bilan o'sdi. Ammo 1914-yilda Birinchi jahon urushining boshlanishi oltinstandartidan foydalanish amaliyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1914-1915-yillarda dastlab Buyuk Britaniya, keyin esa, qolgan Yevropa davlatlari oltinni eksport qilishni chekladilar. AQSH urushga kech qo‘shilganligi uchun mazkur cheklov 1917-yilda joriy etildi. Birinchi jahon urushining tugashi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida yana qaytadan "oltin standartini" kiritishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari zoe ketdi, chunki mavjud sharoitda "oltin standarti"ni kiritish uchun zarur omillar yo'q edi. Birinchi jahon urushi oqibatida jahon bozorida davlatlararo munosabatlarda paydo bo'lgan valyuta tartibsizligi uzoqqa cho'zilmadi va valyuta munosabatlarining "oltin standarti" o'rniga maydonga oltinga hamda yetakchi kapitalistik davlatlar valyutalariga asoslangan "oltin-deviz standarti" chiqadi. Bunda xorijiy valyutadagi davlatlararo hisob-kitoblar uchun mo’ljallangan to'lov vositalari devizlar deb atala boshlandi. Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari orasidagi jahon valyuta tizimini "oltin-deviz standarti" tizimi deb atasa bo'ladi. Bu davr ayniqsa davlatning iqtisodiyotga kuchli aralashuvi bilan xususiyatlidir. Deyarli barcha davlatlarda bojxona to'siqlari kiritilib, oqibatda kapitalga, ishchi resurslariga bo'lgan talab va taklifning erkin aloqasi jahon bozorida chegaralandi. Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir3. 1922-yilda Italiyaning Genuya shahrida bo‘lib o ‘tgan xalqaro konferensiyada Ikkinchi jahon valyuta tizimi yuzaga keldi. Uning muhim natijasi boiib, oltin-deviz standartining joriy etilganligi hisoblanadi. Ya’ni, oltin bilan birga, 30 ta mamlakatning milliy valyutasiga xaiqaro to‘lov vositasi maqomi berildi. Ammo Ikkinchi jahon valyuta tizimi haqiqatda Buyuk Britaniyaning funt sterlingi standartiga aylandi. Ya’ni, funt sterling asosiy rezerv valyutaga aylandi. Bu esa, quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 1. Birinchi jahon urushi paytida funt sterling boshqa Yevropa valyutalariga nisbatan kam darajada qadrsizlandi (20%). Qolgan Yevropa valyutalari, xususan, Fransiya franki 80 foizgacha qadrsizlandi. Holbuki, Fransiya franki yetakchi valyutaga aylanishga da’vogarlik qilayotgan edi. 2. XX asming 20-yillarida Angliya ochiq iqtisodiyotga ega edi. Boshqa davlatlar Angliya bilan savdo-sotiq qilib funt sterling ishlab olish imkoniyatiga ega edi. Bu vaqtda AQSH yopiq iqtisodiyotga ega edi. 3. Angliya banklari bu davrda keng tarqalgan xorijiy filiallarga ega edi. AQSH banklari esa, xorijiy filiallarga deyarli ega emas edi. 4. XX asming 20-yillarida Angliya banklari tomonidan xalqaro savdoning 60 foizgacha qismi moliyalashtirilar edi. Yuqorida qayd etilgan sabablar Buyuk Britaniya flint sterlinginidunyo miqyosida xalqaro zaxiralar hajmidagi salmog‘ining oshishiga olib keldi. 1913-yilda dunyo bo‘yicha xalqaro valyuta zaxiralarining 47 foizi funt sterlingga to‘g ‘ri kelgan bo‘lsa, 1928-yilda ushbu ko‘rsatkich 77 foizni tashkil etdi. Ammo Ikkinchi jahon valyuta tizimi ham bir qator sabablarga ko‘ra inqirozga uchradi. Ushbu sabablardan asosiylari sifatida quyidagilamiajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Birinchi jahon urushidan keyin deflyatsion siyosatni olib borilganligi. Deflyatsion siyosat funt sterlingning oltinga nisbatan paritetini urushdan oldingi darajaga yetkazish maqsadida amalga oshirildi. Ammo ushbu siyosat kutilgan natijani bermadi va aksincha, valyutaviy inqirozga olib keldi. Buning sababi shundaki, Buyuk Britaniya funt sterlingining qat’iy belgilangan kursini saqlab turdi. Bu vaqtda, ulaming tashqi iqtisodiy hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar devalvatsiyani amalga oshirdilar. Natijada Buyuk Britaniyaning tashqi savdodagi raqobatbardoshligi keskin pasaydi va to‘lov balansining defitsiti miqdori oshdi. Fransiya, Germaniya va Belgiyaning milliy valyutalari Birinchi jahon urushida yuqori sur’atda devalvatsiyaga uchraganligi sababli ulaming kursi past darajada qoldi. Buning natijasida mazkur mamlakatlarda to'lov balansida katta ijobiy savdo yuzaga keldi va oltinnikatta miqdorda oqib kelishi yuz berdi. 2. Birinchi jahon urushidan keyin AQSH, Buyuk Britaniya,Fransiya va Germaniya Markaziy banklari tomonidan sterilizatsiyalashgan valyuta interventsiyasini amalga oshirilganligi. Buning natijasida Markaziy banklaming foizli daromad keltiruvchi ichki aktivlarining yillik o ‘zgarishi yuz berdi va u oltinning taklifini keskin qisqartirdi. 3. Markaziy banklar o‘rtasida xalqaro rezervlaming notekis taqsimlanishining yuzaga kelganligi. Oltin-deviz standartini birinchi bo‘lib Kanada 1929-yilda tark etdi. Officer L. Gold Standart, 2001 маълумотлари. 1944-yilda AQSHning Bretton-Vuds shahrida bo`lib o‘tgan xalqaro konferensiya natijasiga ko‘ra Uchinchi jahon valyuta tizimi tashkil topdi. Uning muhim natijalari quyidagilardan iborat: 1. Xalqaro miqyosda qat’iy belgilangan kurs rejimi joriy qilindi. Milliy valyutalaming kursi ulaming paritetidan 1 foizgacha tebranishi mumkin edi. Buning natijasida davlatlar o ‘rtasidagi tashqi savdo munosabatlarida yuzaga keladigan valyuta riski muammosiga barham berildi. 2. AQSH dollari va Buyuk Britaniyaning funt sterlingiga xalqaro rezerv valyuta maqomi berildi. 3. Yangi rezerv aktiv - qarz olishning maxsus huquqi (SDR) yaratildi. SDR sun’iy valyuta bo‘lib, XVFga a’zo mamlakatlar o ‘rtasida, ulaming Fonddagi kvotasiga qarab taqsimlanadi va xorijiy valyutalar sotib olishda, kreditlar berishda va davlatlar o‘rtasidagi to`lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Uchinchi jahon valyuta tizimi faoliyat ko‘rsatishi bilanoq ikki dolzarb muammoga duchor bo‘ldi: Download 60.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling