Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g’aznachilik


Jahon valyuta tizimi va uning evolyutsiyasi


Download 60.84 Kb.
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1376214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi iqtisodiyot nazariyasi Aliqulov Sunnat

Jahon valyuta tizimi va uning evolyutsiyasi. Jahon valyuta tizimi davlatlararo valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lib, xalqaro shartnomalar asosida yuzaga keladi. Hozirga qadar jahon valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi to‘rt bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi jahon valyuta tizimi 1870-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv natijasida yuzaga keldi. Bunda oltin standard joriy etildi va oltin yagona xaiqaro to`lov vositasi sifatida e’tirof etildi.
1-jadval
Jahon valyuta tizimi rijovlanish bosqichlari

1

Oltin standarti

1867-1917

2

Oltin-deviz standarti

1922-1943

3

Bretton-Vudz

1944-1975

4

SDR

1976-.......



Valyuta tizimi — valyuta harakati bilan bogʻliq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmuidir. Valyuta tizimi -bu valyutalar, ulardan foydalanish va oʻzaro almashinuv, toʻlov vositasi sifatida qoʻllanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bogʻliq pul-kredit munosabatlarining qoida va tadbirlari majmuidan iborat.Shuningdek, valyutalarni chiqarish va ularning muomalada boʻlishini tartibga soladigan organlar ham Valyuta tizimiga kiradi1.

1-rasm. Valyuta tizimi turlari

Valyuta tizimining asosiy vazifasi mamlakat ichida va mamlakatlararo pul hisob-kitoblarini taʼminlash uchun sharoit yaratishdir. Valyuta kursi tartiboti, valyuta cheklashlarining bor yoki yoʻqligi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, valyutalarni oʻzaro qaytarish shartlari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tartiboti, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarining huquqiy holati (mas., Xalqaro valyuta fondi) kabilar Valyuta tizimining asosiy tarkibiy qismlarihisoblanadi. Udastlab milliy xoʻjalik doirasida paydo boʻlgan. Jahon bozorinivujudga kelishi bilan Jahon valyuta tizimi ham shakllandi. XX-asr boshida jahon Valyuta tizimi oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga yetdi. Kapitalizmning umumiy inqirozi davrida jahon V.t. ham inqirozga yuz burdi, oltin muomala va toʻlov vositasi vazifasini yoʻqotdi. Hoz. xalqaro hisoblarning koʻpchiligi naqd pul ishtirokisiz, bank oʻtkazmalari vositasida amalga oshirilsada, lekin oltin mamlakatlarning oʻzaro pul oldi-berdisini va majburiyatlarini tartibga solib turuvchi soʻnggi asosiy vosita hisoblanadi. Uning xazinadagi zahiralari esa valyutalar barqarorligi va ayrim mamlakatlar iqtisodiy imkoniyatlarining muhim koʻrsatkichidir. Xalqaro toʻlov muomalalarida qogʻoz valyutadan foydalaniladi. Bunda AQSH dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va b. valyutalarning salmogʻi katta2.



Download 60.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling