Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”
Download 1.37 Mb.
|
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li
Funktsional tahlil. Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Ko‘pincha bu bog‘liqliklar funktsiya ko‘rinishida ifodalanadi. Funktsiya – bu bir qator o‘zgaruvchilarning boshqalariga bog‘liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha. Masalan, non bozori modelini ko‘rib chiqishda, biz nonga bo‘lgan talab nonning narxi va jami daromad hajmiga bog‘liq, deb ta’kidladik. Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
Qd = D(Pb, Y). Bu tenglamadan nonga bo‘lgan talab (Qd) nonning narxi (Pb) va daromad hajmi(Y)ning funktsiyasi deyish mumkin. Funktsiyani yozishda qavs oldida turgan o‘zgaruvchi (D) funktsiyani anglatadi. Non bozori modelida Qd = D(Pb, Y) ifodasi nonga bo‘lgan talabning omillarini aniqlab beradi. Agar biz nonga bo‘lgan talab to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lganimizda, quyidagicha yoza olgan bo‘lar edik: Qd = 60 - 10Pb + 2Y. Bunday holda talab funktsiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: D(Pb, Y) = 60 - 10Pb + 2Y. Mazkur funktsiya non narxi hamda daromad hajmining har bir darajasiga muvofiq keluvchi nonga bo‘lgan talabni aniqlash imkonini beradi. Masalan, agar daromad 10 ga, nonning narxi 2 ga teng bo‘lsa, nonga bo‘lgan talab 60 ga teng bo‘ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‘lgan talab 50 ga qadar qisqaradi. Funktsiya o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat ma’lum bo‘lmagan hollarda ham ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda talab kamayishini bilgan holda, qanchaga kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz o‘zgaruvchilar o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik mavjudligini bilsak, uni funktsional shaklda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir tekis va to‘g‘ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika va texnologiyaning holati, iste’molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda tashqi sharoit va parametrlar o‘zgarmagan holda xo‘jalik jarayonining birorta ishtirokchisida o‘z iqtisodiy hulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘bat mavjud bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx va qiymatning muvozanati boshlang‘ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik abstraktsiya asosida keyinchalik qo‘shimcha qiymat, foyda, foiz, renta va boshqa nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraktsiyasining qo‘llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‘qotishlarga olib kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda ochib berish imkonini yaratadi. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat abstraktsiyasidan o‘rinsiz foydalanish o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat nomuvozanat sharoitida amal qila oluvchi bir qator iqtisodiy kategoriyalarning tahlili uchun to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddatli muvozanat iqtisodiy tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‘ta zarur, biroq birinchi bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‘jalik yuritishning tarixiy evolyutsiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‘sishi manbalarini ochib berishga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika taraqqiyoti, iste’molchi didlari, mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi, institutsional tizim, jahon xo‘jaligi aloqalari va boshqalar o‘zgarishining ta’siri ostida iqtisodiy muvozanatning buzilishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling