Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”


-chizma. Talabning o‘sishi


Download 1.37 Mb.
bet14/17
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1205924
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li

4-chizma. Talabning o‘sishi
Jami daromadning oshishi nonga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi – xaridorlar narx o‘zgarmagan sharoitda ko‘proq non sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu talab egri chizig‘ining o‘ng-yuqori tomonga siljishi orqali ifodalanadi.
Non narxining oshishi taklif talab bilan tenglashgunga qadar davom etadi. Nonning muvozanatlashgan narxi va taklifi qiymati oshadi.

Shu kabi, unning narxi oshgan taqdirda non taklifi kamayadi (5-chizma).





P S2

S1
PH1
PH

D

0 QH1 QH Q




5-chizma. Taklifning qisqarishi
Unning narxi oshganda non taklifi qisqaradi – nonni sotishdan olinadigan naf kamayib, ishlab chiqarish qisqaradi. Bu holat taklif egri chizig‘ining chap-yuqoriga siljishi bilan ifodalanadi. Talab va taklif egri chiziqlarining yangi kesishish nuqtasi hosil bo‘ladi. Nonning muvozanatlashgan narxi o‘sib, muvozanatlashgan miqdori kamayadi. Shunday tarzda model jami daromad yoki un narxining o‘zgarishi qanday qilib non bozoriga ta’sir ko‘rsatishini yaqqol namoyish etadi.
Pozitiv va normativ tahlil. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ tahlil esa iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‘z natijasini berishini o‘rganadi.
Grafik usul. Iqtisodiy tadqiqotlarda grafik usul muhim o‘rin tutadi. Grafiklar turli iqtisodiy omillar o‘rtasidagi funktsional bog‘liqlik va aloqalarni ko‘rgazmali tasvirlash vositasi hisoblanadi. Bu omillarning ba’zilari mustaqil o‘zgaruvchi hisoblansa, boshqa birlari bog‘liq o‘zgaruvchi hisoblanadi. O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlik grafik tarzda koordinatalar o‘qida o‘sib boruvchi chiziq shaklida tasvirlanadi. Teskari aloqa esa pasayib boruvchi chiziq shaklini oladi. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar uchun koordinatalar o‘qini tanlash ixtiyoriy ravishda, qulaylik va yaxshiroq ifodalash tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, bu yerda matematikadagi singari bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar faqat abstsissa o‘qiga joylashtiriladi, degan qat’iy talablar mavjud bo‘lmaydi. Grafiklar tahlil qilinayotgan iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi chiziqli (to‘g‘ri chiziqlar) hamda nochiziqli (egri chiziqlar) bog‘liqliklarni ifodalashi mumkin.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling