Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

6.2. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi  

va vazifalari 

 

Strategik rejalashtirish – bu korxonaga foyda keltiradigan 

marketing strategiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirishdir. 

Marketing menejerlari yangi imkoniyatlarni izlashi lozim. 

Marketing menejerlari ma’lum bir rejalarni tuzish bilan qoniqmasligi 

kerak. Chunki bozor juda tez o‘zgarib turadi (xaridor istaklari, raqobot-

chilar va muhit). 

Firmaning yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini avvalo, uning joriy 

faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy jihatdan qay darajada 




128 

 

muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi rivojlanishi 



va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan 

ko‘ra bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli 

ravishda bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog`liq bo‘ladi. 

Strategik rejalashtirishning maqsadi –  firmaning uzoq muddatli 

taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil 

tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga 

aylanishi kerak. Strategik marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u 

moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar 

bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini 

belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ITTKI bevosita 

ta’sir ko‘rsatadi. Marketingni strategik rejalashtirish jarayoni 6.1-rasmda 

keltirilgan. 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling