Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

2. Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi. Iste’molchilarni 

o‘rganish, ular xohish, ehtiyojlarini, zaruratini, sotib olish imkoniyat-

larini tahlil qilish asosida yangi tovarlar, o‘rinbosar tovarlar, innovatsion 

tovarlar ishlab chiqarish bu konsepsiyaning asosiy maqsadidir. Bozor 

iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchayishi firma va kompaniyalarni 



22 

 

shu konsepsiyaga asoslanishlarini taqozo etadi. Bu konsepsiya juda ko‘p 



hollarda yaxshi natijalar keltirsada, ba’zi hollarda kutilgan natijaga 

erishmaslik hollari ham uchrashi mumkin. Yangi tovarning afzalligi, 

narxi, uning naflilik darajasi, ilgarigi tovardan farq qiluvchi xususiyatlari 

iste’molchini qoniqtirishi zarur. 

Iste’molchilar yuqori ekspluatatsiya xossalariga ega bo‘lgan yuqori 

sifatli tovarlarga moyilligini ta’kidlaydi, demak, tashkilot o‘z energiya-

sini tovarni doimiy mukammal quvvatlashtirishga  qaratishi zarur 

bo‘ladi. Shu bilan “marketing shabko‘rligi”dan qochish uchun ushbu 

mahsulot iste’molchilarga shu holicha kerak emas, o‘z muammolarini 

qandaydir mahsulot yordamida hal qilish uchun kerakligini hamisha 

yodda tutish shart. Mukammallashtirilgan mahsulot iste’molchilar uchun 

avvalgilariga nisbatan katta iste’mol qiymatini (iste’molchining tovar 

sotib olish xarajatiga nisabatan foydasi) berishi kerak. 

3. Bozorning rivojlanishining navbatdagi bosqichida (50-60-yillar), 

ya’ni talab va taklif nisbatan teng bo‘lganda, xaridorlar talab qiladigan 

tovarlar bozorda doimo sotila boshlaydi, korxonani boshqarishda savdo-

ga doir yondashuv amalga oshadi. Bu davrda marketing savdo ustidan 

g‘olib keladi.  

Sotuvchining vazifasiga raqobatchilarni emas, aynan xaridorlarni 

tovarlarni sotib olish uchun qator rag‘batlantirish chora-tadbirlarini 

amalga oshirish kiradi. Buning uchun sotuvchi o‘z mahsulotlarini 

reklama qilish, uning savdosini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha 

xarajatlar qilishi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda agar savdo va 

rag‘batlantirish sohasida sezilarli harakatlar amalga oshirilmasa, 

xaridorlar korxonaning mahsulotlarini yetarli miqdorda sotib olmaydilar, 

degan tasdiqqa asoslanadigan tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling