Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
Download 1,52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
Yillar Konsepsiya Yetakchi g‘oya Asosiy xatt- harakat Bosh maqsad 1860-
1920- yil Ishlab
chiqarish konsepsiyasi Nimani ishlab chiqara olsam, shuni ishlab chiqaraman Tannarx, ish unumdorligi Ishlab chiqarishni takomillashtirish, sotuv hajmining o‘sishi, foydani maksimallashtirish 1920- 1930- yil Tovar konsepsiyasi Sifatli mahsulotlar- ning ishlab chiqarilishi Tovar
sistemasi Tovarning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirish 1930- 1950 - yil Sotuv konsepsiyasi Sotuv tarmoqlarini rivojlantirish, sotuv kanallarini ko‘paytirish Sotuv sistemasi Tijorat ishlarini intensivlash, sotuvni rag‘batlantirish, harakatini jadallash 1950- 1980- yil An’anaviy marketing konsepsiyasi Xaridorga kerak narsani ishlab chiqarish Marketing – miks
kompleksi, iste’molchini o‘rganish Maqsadli bozorlarda iste’mol ehtiyojlarini qondirish 1980-
1995- yil Ijtimoiy etik marketing konsepsiyasi Jamiyat talablariga zid kelmagan iste’molchiga kerak va zarar yetkazmaydigan mahsulotni ishlab chiqarish Marketing– miks kompleksi, ijtimoiy va ekologiya muhitini himoya
qilgan holda tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish Maqsadli bozor segmentlarini inson ehtiyojlarini, moddiy energetik va boshqa resurslarni, atrof- muhitni himoya qilgan holda qondirish 1995 yil- dan Toki
hozirga qadar
O‘zaro – ta’sir
marketingi konsepsiyasi Iste’molchilarni va biznes hamkorlarni qoniqtiradigan mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqarish Muvofiqlash- tirish
integratsiya, tarmoqli tahlil, marketing– miks (4P) kompleksi Iste’molchilarning talablarini qondirish, hamkorlar va davlat manfaatlarini tijorat va notijorat jarayonlarida o‘zaro ta’sirini muvofiqlashtirish
20
Bozordagi talab va taklif orasidagi nisbatning o‘zgarishi bozor munosabatlari uchun xarakterli bo‘lib, firmalarning tovar ishlab chiqarishdan sotish, so‘ngra esa xaridorga va jamiyatga yetkazishgacha bo‘lgan faoliyatning boshqaruvida urg‘u berilishining aralashib ket- ganligi bilan kuzatilar edi. XX asr davomida marketingning boshqa boshqaruv konsepsiyalari paydo bo‘ldi. Marketing konsepsiyasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurlar tizimidir. 1. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi. Bozor rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizat- siyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish yoki tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos holda xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan tovarlarga intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o‘z kuchlarini ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur. Bu konsepsiya ikki vaziyatga to‘g‘ri keladi. Birinchisida tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab chiqarishni oshirish yo‘llarini izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar tannarxi o‘ta yuqori va uni pasaytirish zarur, buning uchun esa mahsuldorlikni oshirishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi mavjud assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Firmaning asosiy e’tibori mahsulot hajmini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, bozor tor assortimentdagi tovarlarga to‘yinadi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘z talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 21
• Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lsa. • Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga majbur.
• Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi. Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish muammo emas. Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin juda katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste’molchilarning bunday tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning peshtaxtalarda turib qolishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya o‘z vaqtida Genri Fordning avtomobil zavodida juda katta daromad keltirdi. U katta hajmda ommaviy avto- mobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil sanoatini rivojlantirdi. Uning qora rangdagi o‘rta hol amerikalikning hamyoniga to‘g‘ri keladigan avtomobillarini 1908 – 1927-yillarda T-modeli nomi ostida chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi. Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy iste’molchilarni shakllantirdi. Qora rang o‘sha vaqtda eng arzon va tez quruvchi bo‘yoq bo‘lgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib, mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z mahsulotlarini har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib, mijozlarga xohlagan rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta shart bilan: u qora bo‘ladi, degan gapi uchun sal bo‘lmasa “tuzoqqa” tushay dedi, chunki raqobatchilari yangi boshqaruv konsepsiyasini o‘zlashtirib, avtomobillarning turli modelini taklif qila boshladilar. Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qo‘llanilib, unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, assortimentlari yaratilishiga katta e’tibor qaratildi. Download 1,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling