Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Bozorni pozitsiyalash 

Bozor 


Bozor segmenti 

Bozor  



32 

 

ta’minlash. Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyat-



siyasini hisoblash va samarani baholash. 

Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir 

ko‘rsatadi. Marketing miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinat-

siyalari soni quyidagi formula orqali topiladi. 



K=n

a

… 

 

K — marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni;  

 

a – instrumentlar soni;  

 

n — marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar 

soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing chora-tadbirlarini qo‘llash imkoni 

ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal marketing – 

miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi. 

Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini 

kengaytirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lib, turli marketing 

tadbirlarini o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim omillarni, ya’ni tovar 

yoki xizmat narxi, chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni 

olish mumkin. Marketingning har bir submiksi ham taktik, ham strategik 

vosita (instrument)ga, tovar, kelishuv, taqsimlash siyosatlari  esa ko‘p-

roq strategik ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik 

ahamiyatga ega bo‘lib, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida 

ko‘proq ishlatiladi. Optimal marketing-miks shunday marketing 

instrumentlarining kombinatsiyasidan iboratki, uning natijasida firma 

ko‘zlagan maqsadiga, marketing budjetini oqilona, ya’ni ratsional 

sarflagan holda erishadi. Marketing-miks har bir elementining ahamiyati 

korxona turiga (savdo, ishlab chiqarish, vositachi firma), tovar turiga va 

xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar uchun narx muhim 

ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol tovarlari, qimmat-

baho uy buyumlari, zargarlik mahsulotlari) uchun hal qiluvchi ahami-

yatga ega emas. Standartlashtirilgan yoki bir maqsadda ishlatiladigan 

mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar siyosati uncha 

ahamiyatga ega emas, bunday strategik mahsulotlarga davlat tomonidan 

narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol tovarlari, uzoq muddat foydalanadigan 

tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat va bozor mexanizm-

lari faol ishlayotgan davlatlarda marketing instrumentlarini qo‘llab hatto 

kun davomida ham narxlarga korrektirovka kiritish mumkin. Narx – 

navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir etuvchi omildir. 

•  Bosh maqsad. 

•  Funksional bo‘limlar maqsadi. 

 

 




33 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling