Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

4. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi yangi davr konsepsiyasi 

bo‘lib, firma nafaqat iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat 

manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda tutiladi. 

Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi 

va talabidan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab 

chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof - 

muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi 

ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun 

barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya 

qilishlari shart. 

Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab 

chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash 

aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir. 

F.Kotler bu konsepsiyani qo‘llashning shartlarini quyidagilardan 

iborat, deb ta’kidlaydi. 

•  Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondi-

rishda jamiyat mafaatlariga mos holda bu vazifani bajarishga yo‘nal-

tirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino kabi jamiyat 

manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini 

taklif etish va h.k. 

•  Firma muntazam ravishda izlanishda bo‘lib xaridorlar uchun 

yangi, zamonaviy, barcha yoshdagi iste’molchilarning talabini inobatga 

olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi zarur. 

•  Iste’molchi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish orqali ularning 

potensial ehtiyoj va talablarini qondirish. 

Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi 

bilan birga boshqa marketolog olimlarning ham bu borada o‘z fikr va 

mulohazalari mavjud. 

 Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichi-

ni ajratib ko‘rsatadi.  

1- Tijorat yoki sotuv marketingi.  

2- Funksional marketing. 

3- Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida. 

4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing 

yangi bosqich bo‘lib, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda 

muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o‘sishi firmaga o‘z faoliyati 




27 

 

jarayonida juda ko‘p omillarni nazarda tutgan holda o‘z istiqbol rejasini, 



strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar 

innovatsiyasi bugungi kunda firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi, 

marketologi, muhandisi va boshqa xodim va ishchilari uchun juda 

muhim bo‘lib, har qanday axborotdan xabardor bo‘lish, chet el bozorlari

mahsulotlari, texnologiyalarini bilish, ularni qo‘llash firmaning 

raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish omilidir.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling