Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

 

 

 

9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy bosqichlari 

 

1. G‘oyalarni shakllantirish. Yangi turdagi tovarlarni ishlab 



chiqarish avvalo, yangilik uchun g‘oyalarni izlab topishdan boshlanadi. 

Izlanishlar tizimli, muntazam firma yo‘nalishiga mos ravishda olib 

borilishi shart. Bundan tashqari izlanishlar olib borilishi kerak. Firma 

o‘nlab ajoyib g‘oyalarni topishi mumkin, ularning ko‘pchiligi firma 

faoliyatiga mos kelmasligi tufayli qog‘ozlarda qolib ketadi. Firma 

rahbariyati yangi turdagi tovar ishlab chiqarishninig aniq strategiyasiga 

ega bo‘lishlari lozim. Rahbariyat yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdan 

 

G‘oyalarni 



shakllantirish 

 

G‘oyalarni 



(fikrlarni) tahlash 

 

Marketing 



strategiyasini ishlab 

chiqish 


 

Fikrlarni ishlab chiqish 

va ularni tekshirib 

ko‘rish 


Ishlab chiqish 

imkoniyatlarini 

va sotishni tahlil 

qilish 


Tovarni ishlab 

chiqish 


Kommersiya 

maqsadlarida ishlab 

chiqarishni yo‘lga 

qo‘yish 


 

Bozor sharoitlarida 

sinab ko‘rish 



232 

 

maqsadi nima ekanligini aniq ifodalab berishi kerak. Yangi tovar pul 



tushumlarini oshirish yoki bozorda katta mavqega ega bo‘lish uchun va 

yana boshqa maqsadlarda yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari 

rahbariyat mavjud tovarlarni takomillashtirish orqali yangi tovar yaratish 

yoki original tovar ishlab chiqarish borasida firma imkoniyatlarini 

taqsimlay bilishi  kerak. 

Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste’molchining bu mahsulot-

ni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bog‘liq. 

Yangi mahsulotni qabul qilish – mushohada qilish jarayoni bo‘lib, 

bu jarayon yangi mahsulot to‘g‘risida birinchi axborotga ega bo‘lishdan 

boshlab, toki mahsulotning doimiy iste’molchisiga aylangungacha 

bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. 

Iste’molchilar yangi mahsulotni sinab ko‘rishga tayyorlik darajasiga 

qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari yangi mahsulotni 

tezda qabul qilishsa, ba’zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi. 

Iste’molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasi-

ga qarab ularni super novator, novator, oddiy iste’molchilar, 

konservator, super konservator guruhlariga ajratiladi. 

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovar-

larni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda, supernovator va 

novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini 

o‘rganishlari kerak. 

Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni 

topishda ajoyib manba bo‘lib  xizmat qiladi. Ularning talab va 

ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish, 

kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin. 

Yangilik bo‘lgan g‘oyalar manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning 

fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni mukammallashtirish

takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni ish-

lab chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga, 

potensialiga egadirlar. Bundan tashqari raqobatchi firmaning xaridor 

e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish kerak. Yangi 

tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan 

olish mumkin. Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib, 

ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish bo‘ladilar. 

2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllan-

tirish bosqichida iloji boricha ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi 

g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori kamaytiriladi. Bu 

maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsa-




233 

 

di keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz 



kechishdir. Ko‘pgina firmalarda mutaxassislar yangi turdagi tovar 

g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha 

komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda 

tovarning bayoni, shu tovar bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot, 

bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining taxminiy hisob-

kitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan vaqt va sarf-

xarajatlar, shu mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda 

miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya juda ajoyib bo‘lgan taqdirda 

ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning yo‘nalishi, 

maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma 

uchun zararga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar 

g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus tizimlarini ishlab chiqadilar. 

− Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish. 

− Marketing strategiyasini ishlab chiqish. 

− Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish. 

Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib 

chiqib, loyihaning qay darajada samaradorligini aniqlashi kerak. Buning 

uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va zararning ko‘rsat-

kichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa, 

tovarni loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni 

boshlanadi. 

3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil 

bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba 

konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi. Shu 

vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda 

loyihadagi tovarni haqiqatdan ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi, 

uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya nuqtayi nazaridan maqsadga 

muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab 

chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot, 

konstruktorlik (buyumlarni loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan 

iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash buyumlarning hayotiylik 

davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik 

jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish. 

4. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot 

xillarini loyihalashtirish, o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini 

takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi bosqichlarda olib beriladi: 

−  Texnik topshirish. 



234 

 

−  Texnik takliflar. 



−  Eskiz loyihasini tuzish. 

−  Texnik loyihani tuzish. 

−  Ishchi loyihani aniqlash. 

Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni 

«Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» fan sohalaridan olish 

mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish zarur. 

5. Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalash-

tirish ishlari bir yoki bir necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik 

hujjatlarni buyurtmachiga topshirish bilan tugallanadi. Bu namunalar 

ushbu talablarga javob berishi kerak: 

− Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni 

o‘zida mujassam etgan tovar sifatida qabul qilishlari kerak. 

− U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak. 

− Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini 

ta’minlash lozim. 

Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar, 

hatto yillar o‘tishi mumkin. Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyat-

larni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor bo‘lgandan keyin 

ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.  

6. Bozor sharoitida sinov.  Tovar laboratoriya sinovlaridan 

muvaffaqiyatli o‘tsa, iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni 

bozor sharoitida sinash uchun kichik partiyada sotuvga chiqaradi. Bu 

bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi bozor sharoit-

larida sinaladi, bunda xaridor va dilerlarning talablari, istaklari 

o‘rganiladi. Shu orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi 

aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor sharoitidagi sinovlar ham turli-

cha bo‘ladi. 

7. Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga 

qo‘yish. Bozor sharoitidagi sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar 

firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab chiqarish yoki chiqar-

maslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi 

turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va 

qanday taklif etishi kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi. 

Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun 

alohida marketing rejasini tuzishi kerak. 

Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni 

tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi 



235 

 

kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi 



turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda. 

Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. 

Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida 

katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida 

muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllan-

tirish, jiddiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish 

bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi 

tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan 

g‘oyalarni o‘z vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga 

o‘tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu 

sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi 

turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini 

qondirish mumkin. Shuning uchun ham marketingning eng muhim 

masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta 

o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. 

8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish. 

Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish 

aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisob-

lanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va to‘lovsiz 

xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining 

iste’mol fondi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, 

pullik xizmat to‘lovlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro 

bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga 

nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq 

ma’lumot beradi.  


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling