Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Diler – shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to‘liq to‘lovni 

amalga oshirgandan so‘ng tovar egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga 

ko‘ra barcha vazifalar bajarilgandan so‘ng diler va ishlab chiqaruvchi 

firma o‘rtasida munosabatlar to‘xtatiladi. 



Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum 

joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor 

mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan 

faoliyat olib boradi. 



Komissioner  – sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin 

mahsulot sotish bo‘yicha o‘z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni 

butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi. 

Komitent – ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir 

qancha ayirboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs. 

Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi. 

Agentlar  – vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z 

nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma 

hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent bitimda ko‘rsatilgan 

sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi. 



Brokerlar – vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka 

(tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni 

taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi faqat 

vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish 

va sotib olish bitimi shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan 

shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan 

tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab 

belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish 

tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och materiallar, og‘ir yuklar va b.). 

Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi 

– sotdida ishtirok etadilar va o‘z xizmatlari uchun komission haq bilan 

rag‘batlantiriladilar. 

Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali 

sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi 

bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. 

Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning 

nomidan ish ko‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik 

ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon 




294 

 

shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro 



uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling