Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Chakana savdo texnologiyasi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Chakana savdo texnologiyasi — istalgan har qanday do‘konning asosiy 

vazifasi bo‘lgan tovar sotishni amalga oshirish silsilasi.

11

 

Dagmar  (ingl. dagmar) — marketingda va reklamani rejalashti-



rishda, shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash 

uchun reklama maqsadlarini belgilash. 



Demarketing  (ingl. demarketing) — vazifalari sirasiga (xarid 

qilishdan yoki qanday mahsulot, masalan, sigaret, pivo iste’mol 

                                                                 

11

A. Mamanazarov, M. Mamanazarov. Marketing terminlari izohli lugati -T.: Sharq.2012 y. 



 


397 

 

qilishdan chalg‘itish) kiradigan marketing amaliyotining bir turi. 



Demarketing shuningdek, biror mahsulot nuqsonlari aniqlanganda va ana 

shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalga 

qoldirmaslikni istagan hollarda ham qo‘llaniladi. 

Demping — tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan 

arzon narxlarda sotish; ba’zan tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni 

tannarxidan, ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga 

chiqarish (raqobatda yutish uchun ham shunday qilinadi). 



Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan 

o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.  



Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi-

sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond 

birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli 

qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional 

ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler 

bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab 

sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 

tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan 

sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.    


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling