Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing axborotlarini to‘plash usullari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Marketing axborotlarini to‘plash usullari: 

Kabinet axborot to‘plash usuli  bilan boshqa maqsadlarda: davlat 

statistikasi, soliq idoralari, tijorat banklariga oid va boshqa talab etiladi-

gan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan maqolalar, 

nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vosita-

laridagi axborotlar yig‘iladi; 

Dala usuli  bilan axborot yig‘ishda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan 

to‘g‘ri bozordan, korxonada, maxsus tanlangan joylarda so‘rov, 



eksperimentlar va kuzatishlar orqali to‘planadi; 

Kabinet va dala usuli aralashmasi:  kabinet usulida ikkilamchi va 

mavjud axborotlar yig‘iladi, dala tadqiqotlari orqali esa yangidan ma’lu-

motlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida aytilganidek

kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi.  




404 

 

Kuzatuv  — birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni 

jarayon, voqea, harakatlar sezish organlari orqali ko‘rib yozib boriladi.  

Eksperiment — birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda 

tadqiqotchining faol qatnashishi orqali to‘planadigan metod. Eksperi-

ment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi tufayli marketing 

qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham 

ko‘proq ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi. 

So‘rov — biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikr-

mulohazasi, tafakkuri, dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada 

oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida o‘tkaziladi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling