Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Reklama agentligi (ingl. advertising agency) — o‘z mijozlari uchun 

reklama kampaniyalari tadqiqoti, rejalashtirish, tayyorlash va reklama 

materiallarini joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot. 

Reklama tadqiqotlari - (ingl. advertising research) quyidagilardan 

tarkib topgan, jumladan, reklama kampaniyasi o‘tkazishgacha bo‘lgan 

tadqiqotlar; konsepsiya ustida izlanishlar; reklama materialini 

testlashtirish; OAV sohasidagi tadqiqotlar; motivatsiya sohasidagi tad-

qiqotlar, motivatsiya tahlili; reklama kampaniyasi o‘tkazilgandan keyingi 

tadqiqotlar; reklama kampaniyasi samaralarini o‘rganish.  



Remarketing  (ingl. remarketing) — mahsulot haddan tashqari 

ko‘payishi oqibatida unga bo‘lgan talab pasaygan davrda qo‘llanadigan 

marketing turi. Remarketing faoliyatining asosiy vazifasi — bozorda 

talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat, buning 

uchun tovarga bozor yangiliklarini singdirish, firma faoliyatini yangi 

bozor sharoitiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va hokazolarni amalga 

oshirish talab qilinadi.     

Savdo baryeri — mamlakatlar o‘rtasida, odatda, tariflar, kvotalar 

yoki valuta nazorati ko‘rinishida amalga oshiriladigan tovarlar va 

xizmatlar erkin ayirboshlanishini sun’iy ravishda cheklash. 

Savdo belgisi — yuridik yoki jismoniy shaxslarning mahsulotlari yoki 

xizmatlarini individuallashtirish (boshqalardan farqlash) uchun xizmat 

qiladigan alohida belgi, so‘z, ism, ibora, tasvir, raqamlar, harflar, tovush 

yoki aralash shaklda bo‘lishi mumkin. Intellektual mulkning bir turi. 



Savdo menejeri (ingl. sales manager) — mahsulot o‘tkazish va 

sotish bo‘limi va uning alohida tovar yoki guruhi bilan ish ko‘rishi uchun 

mas’ul bo‘lgan rahbar. Kompaniya direktoriga hisobot berish, savdo va 

marketing bo‘yicha direktorga hisobot berish, sotuvchilar to‘g‘risidagi 

yozma hisobotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘pincha savdo va 

rahbar personalini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tijorat 

direktori vakolatlari sirasiga kiradi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling