Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar
obrazini yaratish
Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi
va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor
makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar,
shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab
chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing
kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing chora-
tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.
Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun
maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlan-
gan sayt.
Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi
termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush
tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini
tariflash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |