Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki 

sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama 

bo‘lib, business to-business advertisingya’ni mijoz kompaniyalar uchun 

reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan 

bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.  

Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola 

etiladigan turlri  sohalarda xaridorlar  ehtiyojlarining  maxsus paneli. 



Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida 

bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir-

biridan ajratishdir. 

Sinama marketing; test marketing — bitta yoki tanlab olingan bir 

necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish. 



Sinxromarketing  (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan 

talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu-

fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi, 

bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda 

sotuvning barqarorligini ta’minlaydi. 

Sif  (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib 

berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida 

tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu 

elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti. 



Sotish siyosati — marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini 

ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret 

muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi, 

yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni 




409 

 

ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, 



eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.  

Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) — savdo faoliyatidan olingan 

kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi. 



Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) — ikkinchi bir 

nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti 

(gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar, 

sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va 

layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.  


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling