1-mashg’ulot. Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni o’rganish. Reja


Download 248.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi248.29 Kb.
#1123852
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mashg\'ulot (ETMQ)



1-MASHG’ULOT. 
EKOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN USULLARNI O’RGANISH. 
 
REJA: 
1. Ekologiyada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot usullari. 
2. Taqqoslash va tasviriy uslublarning qo’llash sohalari. 
3. Tajriba usuli va uning mohiyati. 
4. Ekologik modellashtirish uslubini ilmiy tadqiqotlarda qo’llanilishi. 
 
Ishning maqsadi: Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va 
ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, 
gerbariylar, slaydlar. 
Asosiy tushunchalar va tayanch atamalar: Tasviriy, taqqoslash, tajriba 
usullari, ekotizimlarni modellashtirish, hisoblash mashinalari, grafik.
Nazariy material.
Dala usuli. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar dala 
usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-
kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda 
floristika, sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik 
fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, 
ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning bir-birlariga hamda 
muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish 
asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar 
aniqlanadi. 
Laboratoriya eksperiment usuli maxsus joylarda, xonalarda, turli 
mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ular-ningformalari (shtamlari) 
kichik-kichik idishlar, Petri kosachasi, akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, 
yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va kuzatiladi. Ularning ko’payish jadalligi, 
massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari, hamda foydali formalarini tez 
ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Organizmlar va ularning populyatsiyasi holatini aniqlashda morfo-fiziologiya 

Download 248.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling