Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari 

 

 

Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar: 1. MT-



marketing tadqiqoti; 2. S-segmentlash, MST-maqsadli segmentni 

tanlash; 3. TS-tovar siyosati; 4. NS-narx siyosati; 5. SS-sotish(savdo) 

siyosati; 6. KS- kommunikatsion siyosat; 7. Nazorat (N), ya’ni teskari 

aloqa vositasida natijalarni baholash; 8. Marketing strategiyasi va 

taktikasini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash. 

TALAB 

KONYUNKTURASI 

MARKETINGNING  

VAZIFALARI 

To‘liq talab 

Talabni bir me’yorda qondirish 

Tushayotgan talab 

Talabni shakllantirish 

Yashirin talab 

Talabni rivojlantirish 

To‘xtayotgan talab 

Talabni jonlantirish 

Tebranuvchi talab 

Talabni sinxronlashtirish 

Haddan ortiq talab 

Talabni tartibga solish 



46 

 

Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri 



keladi. Alternativ yechimlar yoki qarorlar va ular yechimining ko‘pligi 

eng maqbul, optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni talab etadi. 

Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, 

ta’minotchi, buyurtmachi va shunga o‘xshash marketingning muloqot 

auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bo‘lgani 

sababli u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi 

omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish 

murakkab boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan tengdir. 

Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi quyidagilar 

bilan izohlanadi. 

•  Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar 

uchun turli natijalar berishi. 

•  Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli 

mezonlarni qabul qilish va optimallashtirish juda murakkab. 

•  Biror qaror qabul qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul 

xodimlarni, turli korxona va xizmat ko‘rsatish strukturalarini va 

boshqaruv organlarini jalb etish zarur. 

•  Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida 

bajarilishi zarur. 

•  Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi, 

buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. 

2.4 - jadval  


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling