Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Marketingni boshqarish talabni boshqaruv jarayonida muam-

molarni hal etish, marketing faoliyatining samarali tadbirlarini o‘tkazish 

orqali ma’lum siyosatni olib borish, vaziyatli tahlil, maqsadlarni 

aniqlash, strategiyani ishlab chiqish, tartibga solish vositalarini tanlash, 

natijalarni nazorat va tahlil qilishdan iboratdir. Marketingni boshqarish-

ning asosiy mazmuni bu qarshi talab, talabning yo‘qligi, yashirin talab, 

pasayuvchi talab, doimy bo‘lmagan talab, to‘liq talab, ortiqcha talab, 

ratsional bo‘lmagan kabi talablarni boshqarish demakdir. 

Marketing-menejment konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy 

g‘oyalar tizimi, instrumentariysi (yo‘llanmasi, vositalari), atrof-muhit 

tahlili va undan kelib chiqqan holda strategiyani ishlab chiqish, amalga 

oshirish va nazoratdir. Marketingni boshqarish konsepsiyasining asosiy 

elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

-Tadbirkorlik, atrof-muhit, madaniyat, siyosat, bozorlar, tarmoqlar, 

raqobatchilar. 

-Siyosatning shakllanishi (konsepsiya, model, maqsadlar, strategiya-

lar). 

-Siyosatni amalga oshirish (rejalar, budjet, marketing tadbirlari). 



-Siyosat nazorati (natijalar tahlili, obyektiv va subyektiv o‘zgarish-

larni tahlil qilish va baholash). 

Har qanday korxona yoki firmaning tarkibiy boshqaruv strukturasi 

uning faoliyat yo‘nalishini, ixtisoslashuvini, qo‘yilgan maqsadlarga olib 

borish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Struktura ish joylarini 

va lavozimlarni belgilaydi. Firma o‘z ishlab chiqarish rejasi, mahsulot 

turi, qadoqlanishi, sotishni tashkil etishva sotuvdan keyingi xizmat kabi 

faoliyatiga qarab strukturasini tuzadi. Optimal tuzilgan, tizimga solingan 

struktura ko‘p jihatdan samaralifaoliyat garovidir. Funksional struktura 



48 

 

har bir boshqaruv pog‘onasida ma’lum vazifalarni bajarishni, bo‘limlar 



va boshqaruvbosqichlarida muvofiqlikni talabetadi. 

Tadbirkorlik sohasida marketing – menejment talab va taklif 

o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatlarni tartibga soluvchi mexanizm 

sifatida namoyon bo‘ladi. Iste’molchilar xulq – atvorini tahlil qilish 

natijasida faoliyatni tartibga solish, talabni boshqarish, yangi talab 

turlarini shakllantirish, o‘zgarib turuvchi konyunkturaga ta’sir ko‘rsatish 

marketing –menejmentning vazifasidir. 

Marketing-menejment samarasi faoliyatning iste’molchiga va 

bozorga yo‘naltirilganligi bilan belgilanib, marketing rejasida to‘g‘ri 

strategiya va taktika qo‘llanilishiga bog‘liq. 

Istiqbolni belgilash bosqichida yuqoridagi tahlil materiallari asos 

bo‘ladi. Xaridorlar va raqobatchilar xatti-harakatidagi tendensiyalar 

aniqlanib, yangi bozorlar, sotuv kanallari tanlanadi. Bo‘sh bozor 

segmentlarida faoliyat yuritish uchun yangi faoliyat turi bilan shug‘ul-

lanish ham raqobat afzalligini qo‘lga kiritishning samarali yo‘lidir. 

Strategik marketing bosqichida uzoq muddatga mo‘ljallangan 

rejalar asoslanadi. Iste’molchilar va bozor segmentlarini to‘g‘ri tanlash, 

bo‘sh bozor tokchasida o‘z ulishini shakllantirish firmaning uzoq vaqt 

mustahkam bozorni egallashiga yordam beradi. Firma o‘z raqobatchilari 

va savdo agentlari, tashkilotlari bilan samarali munosabatlarni 

shakllantirib, biz nimaga erishmoqchimiz, savoliga javob berishi kerak. 

Bu davrda tegishli marketing tadbirlari ishlab chiqariladi va amalga 

oshiriladi. Marketing – miksning elementlaridan qaysi biriga e’tibor 

kuchaytirilishi kerakligi aniqlanadi. 

Strategiya va marketing – miksni amalga oshirish bosqichida uning 

natijalari samarasi tahlil qilinib, nazorat va baholash ishlari olib boriladi. 

Firma o‘z maqsadiga erishdimi, talab va taklif o‘rtasidagi farqni qanday 

qilib tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak, deb fikr – mulohazalar va 

konkret qarorlar qabul qilinadi. 

F.Kotlerning fikricha, marketing-menejment jarayoni quyidagilar-

dan iborat. 

-Bozor imkoniyatlari tahlili. 

-Maqsadli bozor segmentlarini tanlash. 

-Marketing kompleksini ishlab chiqish. 

-Marketing tadbirlarini amalga joriy etish. 

Marketing-menejmentda boshqaruv qarorlari quyidagi yo‘nalish-

larda bo‘lishi mumkin: 



49 

 

Tahlil. Tahlil bosqichida marketing elementlarining strategik va 

taktik muammolari tahlil qilinadi, bularga atrof – muhit, xaridorlar

raqobatchilar, savdo jarayoni kiradi. Tahlil natijasida firmaning mavjud 

sharoitda raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari tadqiq 

qilinadi va keyingi faoliyat yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, yoki 

taktik tadbirlar o‘tkazilishi va mavjud strategiyaga aniq o‘zgartirishlar 

kiritilishi mumkin. Bularga: 

-  Marketing konsepsiyasi va axborot tizimini, benchmarking, 

marketing qarorlarini qo‘llab – quvvatlash, marketing tadqiqotlari holati 

tahlili.  

-  Marketing tashqi muhiti  – makro va mikro muhit omillari 

tahlili. 

-  Iste’mol bozorlari va xaridorlar xulqi — xarid qilish modeli

sotib olish haqida qaror qabul qilish, xaridorlar xulqiga ta’sir etuvchi 

omillar tahlili. 

-  Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari 

bozori tahlili (maktablar, kasalxonalar, bog‘chalar, ta’lim muassasalari 

va boshqalar). 

-  Raqobatchilarni aniqlash, ularning soni, bozordagi ulushi, 

potensial imkoniyatlari, ular strategiyasi, kuchli va kuchsiz tomonlari, 

ular bilan o‘zaro ta’sir munosabatlari, iste’molchilarga va raqobat-

chilarga yo‘naltirilgan strategiya tahlili. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling