Qarama – qarshi marketing inson sog‘ligiga, uning ma’naviyatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanadi.
Tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar, tungi klublar kabilarga qarshilik
ko‘rsatilib antireklama, aksiyalar, tag‘ribot-tashviqot ishlari olib
boriladi. Shu tadbirlar orqali bu tovarlarga nisbatan salbiy talab
shakllantiriladi.Yuqoridagi marketing turlarini vaziyatga qarab to‘g‘ri
tanlash va qo‘llash marketing faoliyatining samarasini belgilaydi.
Nazorat uchun savollar
1. Marketingning maqsadi nima?
2. Marketing funksiyalari va tamoyillarini tushuntiring.
3. Talab holatiga qarab marketing turlarini sanab bering.
4. Konversion marketing va remarketing haqida tushuncha bering.
5. Demarketing qanday talab darajasida va sinxromarketing
tadbirlari qanday talab darajasida qo‘llaniladi ?
6. «Salbiy talab»ga qarshilik ko‘rsatuvchi marketing turi qanday
ataladi?
57
Do'stlaringiz bilan baham: |