Kuzatuv usuli ham ko‘pincha boshqa marketing usullari kabi
qo‘llaniladi. Kuzatuv o‘rganilayotgan obyektni ochiq yoki yopiq tarzda
kuzatish, o‘rganishdan iborat. Masalan, xaridorni sotib olish xulq –
atvorini kuzatish, sotuvchini sotish jarayonini, iste’molchini tovarga jalb
qilish jarayonini kuzatish va shu kabilar kuzatuv obyekti bo‘lishi
mumkin.
Dala kuzatuvlari va laboratoriya kuzatuvlari ham o‘tkaziladi.
Sotsiologiya va psixologiyada o‘tkaziladigan kuzatuv usullari marketing
tadqiqotlarida ham qo‘llaniladi. Masalan, talabalar guruhida
kompyuterga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida kuzatuv o‘tkazish
kompyuter ishlab chiqaruvchi firma uchun qanday kompyuterlarni,
qanday narxlarda, qanday dasturlar asosida ishlab chiqarishga asos
bo‘ladi. Kuzatuv predmeti bo‘lib individiumlarning xususiyatlari va
xatti-harakatlari (xaridor, o‘quvchi, sotuvchi), jarayonlar (xaridorlar
oqimini o‘rganish, turli asbob-uskunalarning qo‘llanilishini kuzatish)
hisoblanadi.
Kuzatuv quyidagi jarayonlarda qo‘llaniladi:
- Tovar sotib olishda xaridorning xulq- atvori.
- O‘zaro muloqotdagi lahzali vaziyatlar.
- Psixologik holatlarning fiziologik o‘lchovlari.
- O‘quvchining xatti-harakati.
- Xaridorning xatti- harakati.
65
- Qoniqish samarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |