Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan
vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli
muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.
9
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni
amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing
faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing – bu marketing turi uzoq muddatga
mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va
ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati
haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va
korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor
qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar
marketing rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |