Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Monopoliya.  Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid 

kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniya-

lar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib 

chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina 

ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga 

xizmat ko‘rsatadi. Natijada  uning tovari qisqa muddat davomida 

bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning monopoliya-

sidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga 

to‘g‘ri keladigan bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik 

innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga to‘g‘ri keladi. 

Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori 

bo‘ladi. Biroq unga bozorning o‘sib borayotgan potensialini va yuqori 

daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola 

boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim 

omilga aylanadi, bu omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi 

raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi.  


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling