Iste’molchilar-bozorda o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish maq-
sadida firmalarining tovar va xizmatlarini sotib oluvchi firmalar yoki
alohida jismoniy shaxslardir. Iste’molchi bozorda - shoh. Shuning uchun
marketologning asosiy vazifasi iste’molchini doimo o‘rganish, uning
xohishini aniqlash, tahlil qilishdan iborat.
Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish
tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati
uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va
boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Bozor
munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar
vujudga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |