Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

 

 

 

V bob. MARKETING DASTURI 

 

5.1. Marketing dasturi tushunchasi 

 

Tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing konsepsiyalariga 

asoslangan. Strategik rejalarni realizatsiya qilish umumfirma taktik yoki 

operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda tutadi. Masalan, ishlab 

chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. 

Jamlangan (yig‘ma) reja ko‘p hollarda biznes-reja ko‘rinishida rasmiy-

lashtiriladi. 

Bozorda aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun korxona biznes rejasining 

asosi – marketing dasturini qo‘llaydi. Marketing dasturini tuzishda 

boshqaruvning marketingga oid rejalar xarakteri (marketing-menejment) 

bozor muhitini o‘rab olgan o‘zgarishlarga moslashishni ta’minlabgina 

qolmasdan, bozorga faol ta’sir etishga qodir va iste’molchilar talablarini 

firmaning o‘z vazifalari va strategik maqsadlariga mos holda shakllan-

tira oladigan tadbirlarni ham o‘z ichiga olishini bildiradi. Marketing 

dasturi biznesning rivojlanishidagi ko‘pgina muqarrar muammolarning 

oldini olish va munosib kutib olishga yordam beradi. U o‘z xatti-

harakatlarini o‘ylab ko‘rish imkonini beradi. U hodisalarni shunchaki, 

kuzatish emas, oldindan tayyorlangan reja asosida boshqarish imkonini 

beradi. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda korxonaning 

imkoniyatlari (resurslari) tahlili, rivojlanish maqsadlarini aniqlash, 

strategiyalarni aniqlash, maqsadga erishish rejalari va uning bajarilishini 

nazorat qilish kabi tadbirlar tizimi aks ettiriladi.  

Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing dasturi) 

tashqi yo‘nalganlikka ega, sotilishi maksimal imkoniyatli yutuq kel-

tirishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos tovarga aylanadi.  

Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham

avvaldan mavjud bo‘lgan tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi 

uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Tuzilgan biznes-rejaning darajasi 

tadbirkor va uning ishining ishonchliligi va jiddiyligi ko‘rsatkichi 

bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, biznes-reja tadbirkor va ehtimoliy investor 

(masalan, bank) orasida muzokaralar boshlanishi uchun asosiy nuqta 



111 

 

hisoblanadi. Biznes-reja, ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar 



o‘tkazishda zarur bo‘ladi. Aksariyat ko‘plab firmalar tashqi moliya-

lashtirishga o‘ta ehtiyojmand bo‘ladi. Biroq birorta bank, birorta xorijiy 

investor kreditdan samarali foydalanishini, uni o‘z vaqtida, foizi bilan 

qaytara olishini ishonchli isbotlab, talabnomasini asoslay olmaydigan 

biznesmenga sarmoya bermaydi. 

Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning 

e’tiborini jalb qilishi mumkin bo‘lgan hujjatdir. Biznes-reja faraz 

qilinayotgan loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U 

investorlarni, ko‘zda tutilganlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga 

imkon beruvchi, ishlab chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb 

etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, korxona loyihaning maqsad va 

vazifalarini amalga oshirishning samarali, realistik va izchil dasturiga 

egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o‘z pulini yetarlicha ishonch 

bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan loyihagagina qo‘yadi. 

Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:  

-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsat-

kichlari ko‘rinishida tahliliy aniqlashtiradi; 

-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqa-

rorligi darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi; 

-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial 

investorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 

Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi 

tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda 

foydasi tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi maqsadlarini ham 

hisobga oladi. Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor 

shaxslar potensial iste’molchilar va firmaning mol yetkazib beruvchilari 

ham hisoblanadi. 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling