Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

(jadallashtirish) boshqaruv konsepsiyasi (savdo konsepsiyasi) 

yo‘nalishi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ko‘plab firmalar mahsulotlarini 

o‘tkazishda qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha 

boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish belgilari paydo bo‘ladi. 

Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing 

nomini olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning 

maqsadi – jamiyat ehtiyojmand bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, 

avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo‘lib qoladi.  

Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining 

asosiy maqsadi - firma ishlab chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga 

yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan iborat. 

 



23 

 

 Marketingning  sotuvni  rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli 



aksiyalar e’lon qilish orqali iste’molchilarni o‘ziga jalb etish va ishlab 

chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir. 

Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar 

ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar 

bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini 

inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko‘p 

hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda 

to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda 

qiynalib, mazkur konsepsiyani qo‘llashi kerak. 

F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi: 

•  Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar. 

•  Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar. 

•  Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lish-

maydi. 


•  Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, 

iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan 

murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k. 

•  Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial xaridorlar 

firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar. 

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan 

iste’molchilar xohishi – talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan 

mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun uning hayotiylik davri 

uzoq emas. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling