Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida
belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd
etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartiri-
lishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).
Bozor narxi – oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda
qo‘llanuvchi baholar.
Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni
ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha
tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz.
Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya,
aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari
rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda
va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport
tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan
davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu
tarifdan foydalanadilar.
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni
tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |