O‘zgarmas narxlar strategiyasi. Bu strategiyada firma o‘z tovari
narxini iloji boricha o‘zgartirmaslikka intiladi. Xarajatlar o‘sishi
kuzatilgan holatlarda firma narxni oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqish
o‘rniga hamma o‘ram (upakovka)larni kamaytiradi, tovar tarkibini
o‘zgartiradi va boshqalar. Shu bilan birga iste’molchi narx o‘sishining
bunday o‘zgarishini afzal ko‘radi, deb faraz qilinadi. Bu strategiya
narxning yashirin oshishini aks ettiradi.
O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq
bozorda, individual bitimlar tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar
zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan do‘konlarda
foydalaniladi. Bunday narxlardan, shuningdek, sanoatga mo‘ljallangan
(sanoat tovarlari) tovarlarda ham foydalaniladi. Masalan, mashina va
uskunalarning lizing bozorlarida bir xil narx bo‘yicha tuziladigan
283
shartnomalar kamdan kam uchraydi. Bu strategiyaga muvofiq korxona-
lar xaridorning savdolashishga qodirligiga yoki ularning xarid kuchiga
bog‘liq holda bitta tovar yoki xizmatning narxini o‘zgartiradi.
Savdolashishni biladigan xaridorlar buni bilmaydiganlarga nisbatan
kamroq pul to‘laydilar. Zamonaviy raqobatli bozorlarda korxonalar
o‘zgaruvchan narx strategiyasini yanada ko‘proq o‘tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |