Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Nazorat uchun savollar 1. Marketing tushunchasining mohiyati nimaga yo‘naltirilgan? 2. AQShlik marketolog professor Filipp Kotler marketingga qanday tarif bergan? 3. Marketing konsepsiyalari va uning evolyutsiyasi haqida tushuntiring. 4. Marketing kompleksi, deganda nimani tushunasiz?
35
II bob. MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA TURLARI 2.1. Marketing tamoyillari Marketing tamoyillari – bu marketing asosining tub mohiyatini ochuvchi asosiy holatlar, talablar majmuasidir. Marketing mohiyatidan kelib chiqqan holda, quyidagi tamoyillar marketing faoliyatida asosiy hisoblanadi. 1. «Iste’molchi - shoh». 2. «lshlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mah- sulotlarni ishlab chiqarish». 3. «Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish ke- rak». 4. «Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak». 5. «Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foy- dasi va obro‘siga ham ega bo‘lishi kerak». Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat: • Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish. • Bozorga tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar muammolarini hal qiluvchi vositalar bilan chiqish. • Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangan- dan so‘ng yo‘lga qo‘yish. • Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish. • Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va kompleks yondashuvdan foydalanish. • Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va strategiyani kerakli vaqtda qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib kelgunigacha bo‘lgan jarayonda marketingni samarali qo‘llash. • Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya bilan ta’minlash orqali tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash.
36
• Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarish- ning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini inobatga olish. • Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish. • Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va taklifni muvofiqlashtirish. • Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish uchun faol harakat qilish. Shunday qilib, marketing tamoyillari – marketingning ma’no- mohiyatiga asosiy talablarini belgilovchi qoidalardir. Marketingning o‘ziga xos quyidagi asosiy prinsiplari mavjud.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling