11.1.-rasm. Taqsimot kanalining asosiy funksiyalari
- tovarlarning turli guruhlari va bozorning segmentlari bo‘yicha
savdo metodini va ularning qo‘llanishini tanlash;
- barcha savdo halqalari bo‘yicha vosita (kapital) darajalari sonini
(uzunligini) belgilash;
- savdo vositalarining savdo halqalari (kengligi) alohida darajalarida
savdoning mustaqil ishtirokchilari sonini aniqlash;
- savdo vositachilarini tanlash, motivatsiyasi va ishi ustidan nazorat
qilish;
- tovarlarni chiqarish va transportlarga yuklash, tushurishni tashkil
etish;
- ulgurji va chakana do‘konlar tarmoqlarini, oraliq saqlash
omborlarini, ko‘rgazma zallariga texnik xizmat ko‘rsatish punktlarini
tuzish;
- ta’minlash va yuk ortish-tushirish tizimini tashkil etish;
- savdo kanallariga rahbarlik tizimini va huquqiy - tashkiliy
munosabatlar o‘rnatish shakllarini tanlash;
- ishlab chiqaruvchi firmalar va savdo firmalarining boshchilik
(hukmronlik) rolini belgilash;
- oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha muzokaralar tayyorlash va o‘tkazish,
shartnomalar tuzish, ularning bajarilishi ustidan nazorat.
Yuqorida sanab o‘tilgan malakali qarorlarni qabul qilish savdo va
tovarlar harakatlanishining optimal vositalarini yaratishga imkon beradi.
Vositalar (kanallar) ishi samaradorligi mezonlari quyidagilar
hisoblanadi: tovarlarning harakatlanish tezligi, muomala xarajatlari
darajasi va mahsulotni realizatsiya qilish hajmlari. Tovarni ishlab
chiqarilgan joyidan ularning realizatsiyasi va yakuniy sotiladigan joyiga
iste’molchiga yetkazib beriladigan vaqt sarfi qanchalik kam bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |