Doimiy mijozlarni rag‘batlantirish. Pul yoki boshqa chegirmalar sotuvchi yoki
ularning guruhi tomonidan mutanosib holda belgilanadi.
Bepul sinab (sotib) ko‘rish. Keyinchalik sotib olinishini hisobga olib, tovarni bepul
sinab (totib) ko‘rishni taklif etish
Kafolatlar. Sotuvchining tovar ma’lum vaqt davomida iste’molga yaroqliligi va aks
holda sotuvchi tovar sifatini tiklashi yoki sotib olgan xaridorga pulni qaytarishi haqida
yozma yoki og‘zaki kafolati
Qo‘shma rag‘batlantirish. Ikki yoki undan ortiq savdo markalari (kompaniyalar) ta’sir
etishni kuchaytirish uchun kuponlar, kompensatsiyalar yoki tanlovlar taklif etib
birlashadilar.
Kesishgan rag‘batlantirish. Bitta savdo markasi boshqa, raqobatlashmaydigan
markadan ilgarilash uchun foydalanadi.
Savdo joyida ekspozitsiyalar va namoyishlar. Tovarlarni sotib olish va sotish
joylarida o‘tkaziladigan savdo ekspozitsiyalari (stendlari) va namoyishlar
337
Do'stlaringiz bilan baham: |