Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

12.3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va 

maqsadlari 

 

Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar

xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv 

organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar 

majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va 

jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi 

hisoblanadi. 

Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib 

hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun 

ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur. 

Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq

ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga 

erishishga kurashib jalb etiladi. 

Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni 

ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning 

uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ 

konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi. 

Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib 

kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-

tumanligi hisoblanadi. 



Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:  

1. Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz. 

2. Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.  

3. Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik. 

4. Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz. 

5. Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma 

boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va 

boshqalar. 

Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham 

foydalaniladi. Savdo konyunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash 

hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar 

yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar 

yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda 

mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning 

kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan 

mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar 

o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning 

o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu manbalardan olingan 




348 

 

mahsulot zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati 



marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki 

bilvosita turi yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi 

va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling