Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Savdoni  rag‘batlantirish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 Savdoni  rag‘batlantirish  – reklamaga va shaxsiy savdoga 

qo‘shimcha bo‘lgan hamda muayyan tovar savdosini tezlashtirish va 

kengaytirishga qaratilgan barcha vaqtinchalik va mahalliy chora– 

tadbirlarni qamrab oladi. 




362 

 

Jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relations) - tashkilot va jamoalar 

o‘rtasida maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar orqali ruhiy 

hamjihatlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratishga qaratilgan. Bu yerda 

kommunikatsiyalarning maqsadi faqat savdoni tashkil qilish emas, balki 

firma faoliyatini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. Bu an’anaviy 

vositalarga qo‘shimcha ravishda yarmarkalar, salonlar, ko‘rgazmalar, 

pochta tarqatish, telemarketing va kataloglar bo‘yicha savdo kabi 

bevosita kommunikatsiya vositalarini ham aytib o‘tish joiz. 

Jamoatchilik bilan aloqalar— korxona va turli xil aloqa qiluvchi 

auditoriyalar (jamoatchilik) o‘rtasida yaxshi munosabatlarni o‘rnatish va 

saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun manfaatli obro‘-e’tibor, 

ijobiy imijni yaratish vositasida yo‘lga qo‘yish. Buning uchun tashviqot

matbuot, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini 

saqlab turish kabi usullar qo‘llaniladi.  

Yevropalik nazariyotchi va amaliyotchilar jamoatchilik bilan 

aloqalar tushunchasiga shunday tarif berishgan: «Tashkilot va keng xalq 

ommasi o‘rtasida yaxshi munosabat va o‘zaro bir-birini tushunishni 

yo‘lga qo‘yish va saqlab turishga qaratilgan faoliyatni doimiy asosda 

rejalashtirib borishdir». 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida Mek-

sikada o‘tkazilgan konferensiyada bir necha kun davom etgan 

muhokamadan keyin boshqa bir tarif ushbu terminga munosib ko‘rildi, 

chunonchi: «Jamoatchilik bilan aloqalar — tashkilot va jamoatchilik 

manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan tendensiyalar tahlili, ularning 

oqibatlarini bashoratlash, tashkilotlar yo‘lboshchilariga tavsiyalar berish 

va rejalashtirilgan harakat va tadbirlarni amalga oshirish san’ati hamda 

ijtimoiy fandir». 

Keyingi yillarda Public Relations keskin rivojlanmoqda va 

marketing tizimida yirik va salobatli firmalarning murakkab, mustaqil, 

samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlarini ishlab 

chiqaradigan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potensial 

xaridorlar doirasini kengaytirish, tovar haqida keng axborotga ega 

bo‘lish maqsadida ishlatiladi. 

Korxonaning bozor bilan kommunikativ aloqalari korxona bozorga 

o‘zining tovarlari, xizmatlari va ular haqidagi xabarlarni yo‘naltirishda 

namoyon bo‘ladi. Bozor esa korxonaga sotilgan mahsulot uchun pul 

mablag‘larini va mazkur tovarga bozorning munosabati qandayligi 

haqidagi axborotni qaytaradi. 



363 

 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling