Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.
Direktivalar — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar,
qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki,
muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi.
Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining bar-
cha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari
sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon
bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga
qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqos-
laganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq
muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va
shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni
o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Distribyutor — yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo
asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma.
Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar
bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda
ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.
398
Do'stlaringiz bilan baham: |