Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Ilmiy-

texnikaviy 

Iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida fan - texnika taraqqiyotining rivoji 

va moddiy - texnika bazasining holati, xususiylashtirish va 

innovatsiyajarayonlarining rivojlanganligi. Iqtisodiy va texnik 

xavfsizlikko‘rsatkichlari. 

Ijtimoiy-

madaniy 

Aholining bozor ko‘nikmalariga va mentalitetiga ega ekanligi, 

iste’molchilarning madaniyati va milliy axloqiy darajasi, tashkiliy 

va iste’mol madaniyatining shakllanganligi 




98 

 

Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi 



tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu 

iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday 

tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning 

nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar 

uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos 

tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar 

uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning 

o‘rtacha yoshini, oilada bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini 

bilish muhim.  Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar 

talab qilinadi.  Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari 

va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning 

ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori 

sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat 

mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. 

Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. 

Firmaning potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib 

olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga 

qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy 

rivojlanishi darajasi, ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham 

ta’sir etadi. Shuningdek, daromadlarning aholining turli xil guruhlari 

orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday 

taqsimlanishning bir tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning 

uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun bozorning ma’lum bir segmentini 

tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak.  

Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global 

masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab 

chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi 

bois juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiy-

tadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini 

o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma 

faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar 

tadqiqotlari bilan shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan 

foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z 

faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur. 

 



99 

 

Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat 



markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini 

siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab 

chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz 

oqibatlarga olib kelishi mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining 

ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va muqobillarini qidirib topish 

bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa, 

turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning 

ahamiyati ortadi.  

Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul 

qilinadigan normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya 

qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va 

shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish 

firma uchun bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash 

yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida ishlab chiqarish 

samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga 

yordam beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat 

qilish bir tomondan, qonunga bevosita amal qilinishini, ikkinchi 

tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga 

muvofiqligini anglab yetishlariga yordam berishdir. 

Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining 

muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul 

qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar, 

qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) 

largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda 

tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat. 

Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning 

mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda 

bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat 

iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular 

mikro muhitning hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning 

makro muhiti uning mikromuhitining keng (hamma) elementlari 

(unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi. 

Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy 

kuchlardan shakllanadi.  

1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.  

2. Firma. 

3. Marketing bo‘yicha vositachilar.  



100 

 

4. Mijozlar.  



5. Raqobatchilar.  

6. Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling