Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Mijozlar (xaridorlar) guruhlari  bozorning 5 ta turi doirasida 

shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori, 

vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor. 

Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos 

xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi 

zarur. 


Raqobatchilar –bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi 

turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir. 



Aloqador auditoriyalar - bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning 

qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki 

tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot 

vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har 

tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar, 

aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga 

nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati 

qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.  

Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, 

mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlar ochuvchi yoki fir-

maga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema 

kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida 

nazoratga bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik 

bilan kuzatib borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur. 

Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli 

bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing salohiyatiga va marketing 

maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir. Ichki marketing 

muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar, tashkilot-

dagi marketingning roli, uning funksiyalari, uni firma umumiy 

faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori rahbariyat qarori 

katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi 

esa ichki muhit, deb ataladi. 

 Boshqaruvni 

marketing 

xarakteriga ega tashkilotlarda yuqori 

rahbariyat va marketing xizmati ichki marketing muhitini tashkiliy 

madaniyatning bir qismi sifatida shakllantiradi va nazorat qiladi. Agar 

tashkilotning hamma bo‘limlari (moliyaviy xizmat, ITTKI, moddiy-

texnik tashkilot xizmati, ishlab chiqarish va hisob-kitob bo‘limlari) 



101 

 

faoliyati marketing yondashuviga asoslangan va uning hamma ishchilari 



marketingga oid fikrlay olishga ega bo‘lsalar, bunda tashkilotning qulay 

marketing muhiti, uning marketing potensiali va uning iste’molchilarga 

yuqori xarid qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar yetkazib bera olish 

qobiliyatlariga egaligi haqida to‘xtalish mumkin. 




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling