Monopoliya. Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid
kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniya-
lar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib
chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina
ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga
xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning tovari qisqa muddat davomida
bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning monopoliya-
sidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga
to‘g‘ri keladigan bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik
innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga to‘g‘ri keladi.
Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori
bo‘ladi. Biroq unga bozorning o‘sib borayotgan potensialini va yuqori
daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola
boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim
omilga aylanadi, bu omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi
raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |