Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
pul oqimlari torisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik tekshiruvidan otkazish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Pul oqimlari tog’risidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan otkazish tartibi 3.1. Pul oqimlari tog’risidagi hisobot auditini rejalashtirish
42 3-bob. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobotni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish tartibi 3.1. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot auditini rejalashtirish
Pul oqimlari to'g’risidagi hisobotni auditorli te shiruvidan o't azish muhim tadbirlardan biri bo'lib u qator tartiblarni o'z ichiga oladi. Shulardan dastlab isi ob'e t(mavzu) bo'yi ha ishlarni to'g’ri re alashtirishdir. U quyidagicha amalga oshiriladi. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot auditini re alashtirish 3-son Auditorlik faoliyatining milliy standarti va 300-son Auditning xalkaro andozasiga asosan amalga oshiriladi. Audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o'tkazish mumkin emas. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorilik tashkiloti bilan xo'jalik o'rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Re alashtirish audit o't azishning boshlang’i h bosqi hi hisoblanib, audit o'tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko'rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini tayyorlashdan, shuningdek auditorlik tashkiloti tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisoboti to'g’risida xolis va asosli fi r sha llantirilishi u hun zarur bo'lgan auditorlik amallarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo'ladi.
Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o'tkazishning umumiy qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o'tkazishi kerak, ya'ni: 1. Rejalashtirishning kompleksliligi; 2. Rejalashtirishning uzluksizligi; 3. Rejalashtirishning mahbulligi.
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirishda barcha bosqichlarining o'zaro bog’langan va uyg’un bo'lishi ta'minlanishini taqozo etadi.
43
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o'zaro bog’langan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarining muddatlari hamda xo'jalik yurituvchi turdosh sub'ektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo'linmalar, filiallar, vakolatxonalar, sho'ba jamiyatlar) bo'yicha bog’liqlikni ta'minlashda o'z ifodasini topadi. Basharti, audit uzoq davr uchun rejalashtiriladigan bo'lsa, ya'ni korxonaning auditorlik kuzatuvi bir yil davomida amalga oshirilsa, auditorlik tashkiloti xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliya-xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o'tkazish reja dasturlariga o'z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo'ladi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki, rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o'zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyati uchun rejaning ko'p variantlar asosida ishlab chiqishi kerak. Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling